Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Bahodir Hamidovich Toshmatov (1964-yil Oʻzbekiston SSRda tugʻilgan) – oʻzbek harbiy xizmatchisi. 2017—2020-yillarda va 2026-yildan Oʻzbekiston Respublikasi Mill

Bahodir Toshmatov

Bahodir Hamidovich Toshmatov (1964-yil Oʻzbekiston SSRda tugʻilgan) – oʻzbek harbiy xizmatchisi. 2017—2020-yillarda va 2026-yildan Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qoʻmondoni.

Bahodir Toshmatov

Bahodir Toshmatov 2026-yilda
 Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qoʻmondoni
 
Mansab davri
2026-yil 28-yanvardan – hozirgacha
Prezident Shavkat Mirziyoyev
Oʻtmishdoshi Rustam Joʻrayev
Mansab davri
2017-yil 5-avgustdan – 2020-yil 16-martgacha
Prezident Shavkat Mirziyoyev
Oʻtmishdoshi lavozim taʼsis etilgan
Vorisi Rustam Joʻrayev
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat xavfsizlik xizmati raisi
Mansab davri
2018-yil 22-yanvardan – 2020-yil 5-dekabrgacha
Prezident Shavkat Mirziyoyev
Oʻtmishdoshi lavozim taʼsis etilgan
Vorisi Alisher Usmonov
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 1964-yil
Oʻzbekiston SSR
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Kasbi Harbiy
Unvoni General-polkovnik

Biografiya

Toshkent oliy umumqoʻshin qoʻmondonlik bilim yurtini, Oʻzbekiston Qurolli Kuchlari akademiyasini, Rossiya Qurolli Kuchlari Bosh shtabi Harbiy akademiyasini, shuningdek, Fargʻona davlat universitetini tamomlagan.

Sovet Armiyasi Turkiston harbiy okrugi qoʻshinlarida turli qoʻmondonlik lavozimlarida va keyinchalik 90-yillar davomida Mudofaa vazirligining rahbarlik lavozimlarida xizmat qilgan. 1999-yildan 2001-yilgacha Toshkent harbiy okrugi qoʻshinlari qoʻmondoni. 2001—2005-yillarda Sharqiy harbiy okrug qoʻshinlari qoʻmondoni. 2005—2008-yillarda Shimoli-sharqiy maxsus harbiy okrug qoʻshinlari qoʻmondoni. 2008—2011-yillarda Mudofaa vazirining birinchi oʻrinbosari va Bosh shtab boshligʻi, soʻngra 2011—2013-yillarda Oʻzbekiston Prezidenti huzuridagi Milliy xavfsizlik kengashi kotibi lavozimlarida ishlagan. 2013—2017-yillarda mudofa vaziri general-polkovnik Qobul Berdiyevning birinchi oʻrinbosari lavozimida ishlagan. 2017—2020-yillarda Oʻzbekiston Milliy gvardiyasi qoʻmondoni boʻlgan. 2018-yildan 2020-yilgacha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat xavfsizlik xizmatiga rahbarlik qilgan. 2020-yil 22-oktyabrda Prezident huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibining qurolli kuchlarni rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari etib tayinlandi.

2026-yil 28-yanvardan Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qoʻmondoni. 28-mart kuni Oʻzbekiston kamondan otish federatsiyasi raisi etib saylandi.

Yuqori