Utrext universiteti — Niderlandiyadagi qadimgi va yirik untlardan biri. 1636-yil Utrext shahrida tashkil etilgan. 1815-yil qirollik universiteti, 1961-yil davlat universiteti maqomini olgan. Huquq, tibbiyot, veterinariya, tabiiy fanlar, matematika, teologiya, gumanitar fanlar buyicha mutaxassislar tayyorlaydi. Kutubxonasi (1581-yil tashkil etilgan)da 1 millionga yaqin asar saqlanadi. Universitetda 20 mingdan ortiq talaba taʼlim oladi.
| Oliy oʻquv yurti haqidagi ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. |
Turkumlar::
- Niderlandiyadagi universitetlar
- Oliy oʻquv yurtlariga oid chala maqolalar