Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Javohir Sindarov (Sindarov Javohir; 2005-yil 8-dekabr, Toshkent, Oʻzbekiston) — oʻzbekistonlik shaxmatchi. Shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston chempionatining bronza m

Javohir Sindorov

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(dan yoʻnaltirildi)
Javohir Sindarov

Javohir Sindarov 2024-yilgi shaxmat olimpiadasida (portret)
Tugʻilgan sanasi: 2005-yil 8-dekabr (2005-12-08) (20 yosh)
Tugʻilgan joyi: Toshkent, Oʻzbekiston
Unvoni: Grossmeyster (2019-yil)
Maksimal reytingi: 2745 (2026-yil, mart)
Hozirgi reytingi : 2745 (2026-yil, aprel)
Mukofotlari:

Mehnat shuhrati ordeni
Oʻzbekiston iftixori

Javohir Sindarov (Sindarov Javohir; 2005-yil 8-dekabr, Toshkent, Oʻzbekiston) — oʻzbekistonlik shaxmatchi. Shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston chempionatining bronza medali sovrindori (2018-yil). Oʻzbekiston chempioni (2019-yil). Hindistonning Chennay shahrida oʻtkazilgan 44-shaxmat Olimpiadasi gʻolibi. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sportchi unvoni, Oʻzbekiston iftixori medali sohibi.

U Shaxmat boʻyicha 2025-yilgi Jahon kubogida gʻolib chiqdi va 2026-yilgi Nomzodlar turniriga yoʻllanma oldi. 2026-yilgi Nomzodlar turnirida g'oliblikni qo'lga kiritdi.

Faoliyati

Javohir 2017-yilning oktyabr oyida xalqaro usta unvonini qoʻlga kiritadi. 2018-yil iyun oyida Alexander Alekhine xotirasiga bagʻishlab oʻtkazilgan shaxmat turniri Alekhine Memorialida dastlabki grossmeyster (GM) normasini qoʻlga kiritgan. Sportchi oʻsha yilning sentabr oyida oʻtkazilgan shaxmat boʻyicha oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionatida ikkinchi oʻrinni qoʻlga kiritib, xalqaro reytingini 2500 ballgacha oshirishga muvaffaq boʻladi.

2018-yil oktyabr oyida 1992-yildan beri har oy Vengriya poytaxi Budapesht shahrida oʻtkaziluvchi First Saturday turnirida uchinchi GM normasini qoʻlga kiritdi va oʻsha paytda tarixdagi ikkinchi eng yosh grossmeysterga aylandi (12 yosh 10 oy-u 5 kunlik). Sportchiga ushbu unvon FIDE tomonidan 2019-yilning mart oyida rasman taqdim etilgan. U 2018-yilda Shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston chempionatida bronza medalni, 2019-yilda chempionlikni qoʻlga kiritgan.

Javohir Sindarov shaxmat boʻyicha 2021-yilgi jahon chempionatiga yoʻllanmani qoʻlgan kiritgan. Ushbu turnirda 121-oʻrinni egallab, ikkinchi aylanada 8-pogʻonoda ketayotgan Alireza Firouzjani tay-brekda magʻlub etib, katta shov-shuvlarga sabab boʻldi. Biroq, toʻrtinchi aylanada Kacper Piorundan magʻlubiyatga uchraydi va musobaqadagi ishtirokini 1/32 finaldayoq yakunlashga majbur boʻladi.

Natijalar jadvali

YilShaharTurnir+−=NatijaOʻrin
2016PardubiceCZECH OPEN 2016 — A — GM open2075½ / 9
2017Toshkent11th Tashkent Open, Agzamov Memorial (Group A)6036 / 9
ToshkentZone 3.4 Men Championship 20175226 / 9
2018VoronejAlekhine Memorial5136½ / 9
KocaeliFIDE World Junior Chess Championships 2018 — Open6327 / 11
BudapeshtFirst Saturday GM October 20186127 / 9
2025GoaShaxmat boʻyicha 2025-yilgi Jahon kubogi???? / ?
2026

Mukofotlari

  • 2022-yil 10-avgust kuni Oʻzbekiston iftixori faxriy unvoni bilan mukofotlangan.
  • 2025-yil 27-noyabrda Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sportchi faxriy unvoni berilgan.
  • 2026-yil 17-aprel kuni Mehnat shuhrati ordeni bilan mukofotlangan.
  • 2026-yil 28-sentyabrda mamlakatimizda, qadimiy Samarqand shahrida ilk bor o‘tkazilgan 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasi va 3-Parashaxmat olimpiadasida muvaffaqiyatli qatnashib, o‘zining yuksak professional mahorati, aql-zakovati, iroda va matonatini yaqqol namoyon etgani, dunyoning 200 dan ziyod davlatidan kelgan eng kuchli shaxmatchi va grossmeysterlar o‘rtasida g‘oliblikni qo‘lga kiritib, Yangi O‘zbekistonning xalqaro nufuzi va shon-shuhratini oshirishga munosib hissa qo‘shgani, shuningdek, respublikamizda sportni keng ommalashtirishda shaxsiy namuna ko‘rsatib kelayotgani, yosh avlodni Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash, ularda milliy g‘urur va vatanparvarlik fazilatlarini kamol toptirish borasidagi katta xizmatlari uchun Fidokorona xizmatlari uchun ordeni bilan taqdirlangan.

Shaxsiy hayoti

Ota tomonidan bobosi — Komil Sindarov, yuridik fanlar doktori, professor. Prokuratura va sud idoralarida faoliyat yuritgan. 2024-yildan Oʻzbekiston shaxmat federatsiyasi raisining oʻrinbosari. Ota tomonidan bobosi — Farhod Shaymanov, Qashqadaryo viloyati prokurorining birinchi oʻrinbosari boʻlgan.

Yuqori