Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Nicholas Jerry Jonas (talaffuzi: Nikolas Jerri Jonas; 1992-yil 16-sentabrda tugʻilgan) — amerikalik qoʻshiqchi, aktyor va bastakor. Jonas Brothers pop-guruhi aʼ

Nik Jonas

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(dan yoʻnaltirildi)
Nick Jonas
Jonas Cannes kinofestivalida (2019)
Jonas Cannes kinofestivalida (2019)
Umumiy maʼlumot
Tavalludi Nicholas Jerry Jonas
1992-yil 16-sentyabr (1992-09-16) (34 yosh)
Dallas, Texas, AQSh
Janrlar Pop, pop-rok, R&B
Kasbi Qoʻshiqchi, aktyor
Faoliyat yillari 2000 — hozir
Leybllar Walt Disney, Columbia, Hollywood, Island, Safehouse
Fuqaroligi AQSH bayrogʻi AQSH
Turmush oʻrtogʻi
Priyanka Chopra (turm. 2018)
Bolalari 1
Veb-sayt nickjonas.com
Imzosi

Nicholas Jerry Jonas (talaffuzi: Nikolas Jerri Jonas; 1992-yil 16-sentabrda tugʻilgan) — amerikalik qoʻshiqchi, aktyor va bastakor. Jonas Brothers pop-guruhi aʼzosi.

Jonas 2009-yilda
Jonas 2016-yilda

Hayoti

Nick Jonas 1992-yil 16-sentabrda Texas shtatining Dallas shahrida musiqachi va bastakor Paul Kevin Jonas va Denise Jonas (qizlik familiyasi: Miller) oilasida tugʻilgan. Uning ikkita akasi (Joe va Kevin) va bitta ukasi (Frankie) bor.

Karyerasi

Nick aktyorlik faoliyatini 2009-yilda Disney Channel telekanalida efirga uzatilgan Jonas teleserialida bilan boshlagan. 2017-yilda u Jumanji: Changalzor chorlovi filmida Seaplane McDonough rolini oʻynadi.

Shaxsiy hayoti

2006-yil iyun oyida u amerikalik aktrisa va qoʻshiqchi Miley Cyrus bilan birinchi marta uchrashdi, shundan soʻng ular uchrashishni boshlaydilar. Juftlik 2007-yil dekabr oyida ajralishdi.

2009-yil oxirida Jonas Selena Gomez bilan qisqa muddat uchrashdi, ular bir-birlariga vaqt yoʻqligi sababli ajralishdi.

2011-yil yanvaridan 2012-yil mayigacha Jonas avstraliyalik model va qoʻshiqchi Delta Goodrem bilan uchrashdi. Ammo juflik oradan maʼlum vaqt oʻtgach ajralishdi.

2013-yil iyun oyida Jonas amerikalik model Olivia Culpo bilan uchrashishni boshladi. 2015-yil iyun oyida juftlik ajralishdi.

2018-yilda Jonas aktrisa Priyanka Chopra bilan uchrashishni boshladi. Ular 2018-yil 18-iyulda Chopraning tugʻilgan kunida unashtirildi. Juftlik 2018-yil 1-dekabrda Chopraning vatani Hindistonda turmush qurishdi. 2022-yil 21-yanvarda er-xotin surrogatlik orqali qiz farzand koʻrishdi.

Filmografiyasi

Yil Nom Rol Izohlar
2009 Night at the Museum: Battle of the Smithsonian Cherub Ovoz bergan
2015 Careful What You Wish For Doug Martin
2016 Goat Brett Land
2017 Jumanji: Welcome to the Jungle Jefferson „Seaplane“ McDonough
2019 UglyDolls Lou Ovoz bergan
2019 Midway Mate Bruno Gaido
2019 Jumanji: The Next Level Jefferson „Seaplane“ McDonough
2021 Chaos Walking Davy Prentiss Jr.
2023 Love Again Joel
2023 The Good Half Renn Wheeland

Diskografiyasi

Yakkaxon albomlari

  • Nicholas Jonas (2005)
  • Nick Jonas (2014)
  • Last Year Was Complicated (2016)
  • Spaceman (2021)

The Administration bilan birga

  • Who I Am (2010)

Jonas Brothers bilan birga

  • It's About Time (2006)
  • Jonas Brothers (2007)
  • A Little Bit Longer (2008)
  • Lines, Vines and Trying Times (2009)
  • Happiness Begins (2019)
  • The Album (2023)

Turlari

  • Who I Am Tour (2010)
  • Nick Jonas 2011 Tour (2011)
  • Nick Jonas Live (2014)
  • Nick Jonas: Live in Concert (2015)
  • Future Now Tour (Demi Lovato bilan) (2016)
  • Happiness Begins Tour (2019—2020)
  • Remember This Tour (2021)
Yuqori