Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Hakim Eshbaevich Berdiyev — oʻzbek davlat arbobi, 1992-yil 24-fevraldan 1993-yil 13-aprelgacha Surxondaryo viloyati hokimi lavozimida ishlagan.

Hakim Berdiyev

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Vikipediyada ismi Hakim va familiyasi Berdiyev boʻlgan boshqa kishilar haqida ham maqolalar mavjud.
Hakim Eshbaevich Berdiyev
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 1938-yil 10-may (1938-05-10) (88 yosh)
Surxondaryo viloyati, Sherobod tumani, Tupar qishlogʻi,
Oʻzbekiston SSR, SSSR
Fuqaroligi OʻzbekistonOʻzbekiston
Taʼlim Oʻrta Osiyo politexnika instituti (1960)
Ilmiy unvoni muhandis-mexanik
Mukofotlari

Hakim Eshbaevich Berdiyev — oʻzbek davlat arbobi, 1992-yil 24-fevraldan 1993-yil 13-aprelgacha Surxondaryo viloyati hokimi lavozimida ishlagan.

Tarjimai holi

1938-yil 10-mayda Surxondaryo viloyati, Sherobod tumani, Tupar qishlogʻida tugʻilgan.

1960-yilda Oʻrta Osiyo politexnika institutini tamomlagan.

1962-yildan 1991-yilgacha KPSS aʼzosi hisoblangan. 1960-yildan (9 yil davomida) Sherobod tuman qishloq xoʻjaligi boshqarmasi bosh muhandisi lavozimida ishlagan. 1969-1985-yillarda — Surxondaryo viloyat qishloq xoʻjaligi boshqarmasi boshligʻi boʻlib ishlagan. Keyinchalik, 1985-yilda Sherobod RK KPU birinchi kotibi, 1989-yilda esa KPU Surxondaryo viloyat komiteti birinchi kotibi boʻlib ishlagan.

Oʻzbekiston mustaqillikka erishgach, 1992-yildan 1993-yil 15-aprelgacha Surxondaryo viloyati hokimi boʻlgan.

1993-yil 15-aprelda Surxondaryo viloyati Sherobod tumani hokimi etib tayinlangan.

Yuqori