Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Nodirbek Yoqubboev (2002-yil 23-yanvar, Toshkent) — oʻzbekistonlik shaxmatchisi, grossmeyster (2019-yil). Shaxmat boʻyicha Oʻzbekiston chempionati gʻolibi (2016

Nodirbek Yoqubboyev

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Vikipediyada ismi Nodirbek va familiyasi Yoqubboyev boʻlgan boshqa kishilar haqida ham maqolalar mavjud.
Nodirbek Yoqubboyev

Tugʻilgan sanasi: 2002-yil 23-yanvar (2002-01-23) (24 yosh)
Tugʻilgan joyi: Toshkent, Oʻzbekiston
Unvoni: Grossmeyster (2019), xalqaro sport ustasi (2017)
Maksimal reytingi: 2630 (2021-yil)
Hozirgi reytingi : 2620
Mukofotlari:

Oʻzbekiston iftixori

Nodirbek Yoqubboev (2002-yil 23-yanvar, Toshkent) — oʻzbekistonlik shaxmatchisi, grossmeyster (2019-yil). Shaxmat boʻyicha Oʻzbekiston chempionati gʻolibi (2016, 2018, 2020). Hindistonning Chennay shahrida oʻtkazilgan 44-shaxmat Olimpiadasi chempioni. Oʻzbekiston iftixori medali sohibi.

Tarjimai hol

2016-yilda Nodirbek Yoqubboyev 14 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar oʻrtasida oʻtkazilgan shaxmat boʻyicha jahon chempionatida bronza medalini qoʻlga kiritdi va ilk marta shaxmat boʻyicha Oʻzbekiston chempioni boʻldi. 2017-yilda Osiyo chempionatida 16 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar oʻrtasida shaxmat boʻyicha  gʻolib chiqdi. 2018-yilda Nodirbek Yoqubboyev  Oʻzbekiston chempionatida   ikkinchi marta shaxmat boʻyicha gʻolib boʻldi, 2020-yilda esa bu muvaffaqiyatni uchinchi marta takrorladi. 2021-yilda Nodirbek Yoqubboyev Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun FIDE hududi turnirida ikkinchi oʻrinni tutdi va shaxmat boʻyicha FIDE Jahon kubogida qatnashish huquqini qoʻlga kiritdi. 2021-yilda Sochidagi Jahon chempionatida u ikkinchi bosqichga chiqdi va u chexiyalik grossmeyster David Navaraga 0,5:1,5 hisobida yutqazdi.

2018-yilda shaxmat olimpiadasida Oʻzbekiston terma jamoasini himoya qilgan.

2021-yil noyabr oyida Rigada Nodirbek Yoqubboyev „FIDEning katta Shveysariyasi“ turnirida 54-oʻrinni egalladi.

Turnirlardagi muvaffaqiyati uchun FIDE tomonidan Nodirbek Yoqubboyevga 2017- yilda xalqaro usta (IM) va 2019-yilda xalqaro grossmeyster (GM) unvonlari taqdim etildi.

Nodirbek Yoqubboev Qatar Masters 2023 turnirida 21 yoshli oʻzbekistonlik GM Nodirbek Abdusattorovni blits pley-offda 2:0 hisobida magʻlub etib turnir gʻolibiga aylandi..

Mukofotlari

  • Oʻzbekiston iftixori (2022-yil)
  • Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sportchi (2026-yil 28-sentyabr) — Mamlakatimizda, qadimiy Samarqand shahrida ilk bor o‘tkazilgan 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasi va 3-Parashaxmat olimpiadasida muvaffaqiyatli qatnashib, o‘zining yuksak professional mahorati, aql-zakovati, iroda va matonatini yaqqol namoyon etgani, dunyoning 200 dan ziyod davlatidan kelgan eng kuchli shaxmatchi va grossmeysterlar o‘rtasida g‘oliblikni qo‘lga kiritib, Yangi O‘zbekistonning xalqaro nufuzi va shon-shuhratini oshirishga munosib hissa qo‘shgani, shuningdek, respublikamizda sportni keng ommalashtirishda shaxsiy namuna ko‘rsatib kelayotgani, yosh avlodni Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash, ularda milliy g‘urur va vatanparvarlik fazilatlarini kamol toptirish borasidagi katta xizmatlari uchun.
Yuqori