| Armen Yurevich Bagdasarov | |
|---|---|
| | |
| Shaxsiy maʼlumotlari | |
| Jinsi | Erkak |
| Fuqaroligi | |
| Tavallud sanasi | 1972-yil 31-iyul Kirovobod, Ozarbayjon SSR |
| Sport | |
| Qaysi sport | Dzyodo |
| Medallar | |
| | |
| Sport mukofotlari | ||
|---|---|---|
| Olimpiya oʻyinlari | ||
| Kumush | Atlanta 1996 | 86kg gacha |
| Osiyo oʻyinlari | ||
| Kumush | Bangkok 1998 | 100kg gacha |
| Osiyo chempionati | ||
| Bronza | Deli 1995 | 86kg gacha |
| Oltin | Xo Shi Min 1996 | 86kg gacha |
| Oltin | Venchjou 1999 | 90kg gacha |
| Bronza | Osaka 2000 | 100kg gacha |
| Universiada | ||
| Kumush | Palma de Malorka 1999 | 90kg gacha |
Armen Yurevich Bagdasarov (1972-yil 31-iyulda Ozarbayjon SSR, Kirovobod shahrida tugʻilgan) — taniqli oʻzbek dzyudochisi va dzyudo boʻyicha murabbiy. 2005-2016-yillarda Oʻzbekiston dzyudo federasiyasi prezidenti. Armen Bagdasarovning afsonaviy xizmati shundaki, u mustaqil Oʻzbekiston tarixida mamlakatga yozgi Olimpiya oʻyinlari medalini qoʻlga kiritgan birinchi sportchi hisoblanadi.2007-2021-yillarda Xalqaro dzyudo federasiyasi (IJF) sport direktori, 2021-yilda Xalqaro dzyudo federasiyasi Referi direktori, 2017-yilda esa 8 dan (DAN) bilan taqdirlangan.
Tarjimai hol
1990-1992-yillarda Yoshlar oʻrtasida SSSR chempionati birinchi gʻolibi. 1992-yilda 20 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar oʻrtasidagi Yevropa chempionati birinchi bronza medali sovrindori boʻlgan. 1993-2001-yillarda Armen Bagdasarov dzyudo boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi tarkibiga kiritilgan. Uning sport faoliyatidagi choʻqqisi 1996-yilga toʻgʻri kelib, Osiyo chempioni boʻlgan va Atlantadagi Olimpiya oʻyinlarining kumush medalini qoʻlga kiritgan. Bagdasarov 1998-yilda ham Osiyo oʻyinlarining kumush medali sohibi boʻldi, 1999-yilda esa yana Osiyo chempionatida qoʻli baland kelib, Oʻzbekiston mustaqilligining oʻn yilligi bilan markalar seriyasi chiqarildi, ulardan biri Armen Bagdasarovning sport yutuqlariga bagʻishlangan.
Bagdasarov Armen Yuriyevichning murabbiylari Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan murabbiy Pyatayev Vladimir Evgeniyevich va Morduxayev Isaak Ilichlar edi.
2001-yilda Armen Bagdasarov sportdagi faoliyatini yakunlab, dastlab dzyudo boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi, 2005-yilda esa ushbu sport turining milliy federasiyasini boshqargan. Shu bilan bir qatorda sportning jangovar turlari boʻyicha Respublika oliy sport mahorati direktori ham sanaladi. 2007-yilda Xalqaro dzyudo federasiyasi (IJF) sport direktori etib saylanadi. 2021-yilda Xalqaro dzyudo federasiyasi (IJF) hakami direktori lavozimiga tayinlanadi.
Mukofot va unvonlar
- “Mehnat shuhrati” ordeni (1996)
- Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sportchi (2000)
- Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan murabbiy (2006)
- 31-iyulda tugʻilganlar
- 1972-yilda tugʻilganlar
- Kirovobodda tugʻilganlar
- Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sportchilar
- Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sport ustozlari
- Mehnat shuhrati ordeni sohiblari
- Yashayotgan insonlar
- Oʻzbekistonlik erkak dzyudochilar
- Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti bitiruvchilari