Xalqaro iqtisodiyot – bu ishlab chiqarish omillari bozorida yuzaga keluvchi xalqaro ayirboshlash jarayonida turli davlatlarning oʻzaro xatti-harakatlarini oʻrganuvchi fan.
Xalqaro iqtisodiyotning predmeti
Savdo, ishlab chiqarish va valyuta-kredit munosabatlarida yuzaga keluvchi iqtisodiy munosabatlar xalqaro iqtisodiyotning predmeti hisoblanadi.
Xalqaro iqtisodiyotning obyekti
Xalqaro iqtisodiyotning oʻrganish obyekti jahon xoʻjaligi hisoblanadi.
Xalqaro iqtisodiyot kursining strukturasi
- Xalqaro mikroiqtisodiyot xalqaro bozordagi subyektlar xulq-atvori va imkoniyatlarini oʻrganadi.
- Xalqaro makroiqtisodiyot mamlakatdagi muvozanat va toʻlov balansi holatini oʻrganadi.
Adabiyotlar
Isayev Q.A. Xalqaro iqtisodiyot (Darslik). INNOVATSION RIVOJLANISH NASHRIYOT-MATBAA UYI, 2021 — 376-bet. ISBN 978-9943-7627-9-4.
| Iqtisodiyot va moliyaga oid ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. |
Turkumlar::
- Iqtisodiyot
- Iqtisodiyotga oid chala maqolalar