Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Asil (Asliddin) Rashidov (1930-yil 1-yanvar, Jizzax tumani, Sirdaryo viloyati, Oʻzbekiston SSR — 2020-yil 15-sentyabr, Toshkent, Oʻzbekiston) — oʻzbek tarjimoni

Asil Rashidov

Asil (Asliddin) Rashidov (1930-yil 1-yanvar, Jizzax tumani, Sirdaryo viloyati, Oʻzbekiston SSR — 2020-yil 15-sentyabr, Toshkent, Oʻzbekiston) — oʻzbek tarjimoni va adabiyotshunosi. U badiiy tarjima sohasida oʻziga xos ijodiy maktab yaratuvchisi sifatida eʼtirof etiladi.

Asil Rashidov
Tavalludi 1-yanvar 1930-yil
Vafoti 15-sentyabr 2020-yil(2020-09-15)
(90 yoshda)
Toshkent, Oʻzbekiston
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Taʼlimi O‘rta Osiyo davlat universiteti
Kasbi jurnalist, tarjimon, adabiyotshunos
Otasi Rashid Xalilov
Onasi Qoʻysinoy Xalilova

Tarjimayi holi

Asil Rashidov 1930-yil 1-yanvarda Jizzax tumanidagi Sovungarlik qishlogʻida (baʼzi manbalarda Sovungarlik mahallasi) tavallud topgan. Haqiqiy ismi Asliddin, shuningdek, bolaligida Nishon (bir tutam oq soch bilan tugʻilgani sababli), Xolmat (tanasida xoli boʻlgani tufayli) ismi bilan ham chaqirishgan. Otasi Rashid Xalilov (1890—1954), onasi Qoʻysinoy Xalilova (1892—1955). Ularning olti farzandi Kamoliddin, Sharofiddin, Sahobiddin, Isomiddin, Asliddin, Nasriddin boʻlgan. 1954-yilda O‘rta Osiyo davlat universitetini jurnalist mutaxassisligi bo‘yicha tugatgan.

Oilasi

Otasi Rashid Xalilov dehqon, soʻngra jamoa xoʻjaligi ishchisi, onasi Qoʻysinoy Xalilova ham jamoa xoʻjaligi ishchisi boʻlib ishlagan. Katta akasi Kamoliddin yoshligida kasallikdan vafot etgan, akasi Sahobiddin huquqshunos, akasi Isomiddin esa jamoa xo‘jaligi radiouzelida ishlagan.

Faoliyati

1954—1958-yillarda „Qizil Oʻzbekiston“ gazetasida adabiy xodim, bo‘lim mudiri lavozimida faoliyat yuritgan. 1958—1961-yillarda Toshkent davlat pedagogika instituti aspiranturasida oʻqigan. Keyinchalik 56 yil davomida shu institutda o‘zbek adabiyoti kafedrasi o‘qituvchisi, dotsenti, professori lavozimlarida ishlagan. 1981-yilda filologiya fanlari nomzodi ilmiy darajasini olgan.

Mukofotlari

O‘zbekiston Respublikasi san’at arbobi, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan o‘qituvchi faxriy unvonlari, O‘zbekiston Respublikasi davlat mukofoti, Shuhrat medali bilan taqdirlangan[manba kerak].

Yuqori