| Hanni with Spartak Moscow in 2018 | |||
| Shaxsiy maʼlumot | |||
|---|---|---|---|
| Tavallud sanasi | 1990-yil 29-dekabr | ||
| Tavallud joyi | Ivry-sur-Seine, France | ||
| Boʻyi | 1.78 m | ||
| Ampluasi | Attacking midfielder | ||
| Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Al-Khor | ||
| Raqami | 94 | ||
| Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
| 1998–2001 | Ivry | ||
| 2001–2005 | Boulogne-Billancourt | ||
| 2005–2009 | Nantes | ||
Sofyan Xanni (talaffuzi: Sofyan Xanni) — jazoirlik va fransuz futbolchisi, „Al-Garafa“ klubi va Jazoir terma jamoasi yarim himoyachisi.
Biografiyasi
Sofyan Xanni Fransiyada jazoirlik immigrant ota-onasida tugʻilgan. U Sedrik Bakambu bilan birga Parijning Vitri-syur- Seyn chekkasida oʻsgan. Bakambu bilan ular bir xil mahalliy jamoada shugʻullanishgan.
Jamoalardagi faoliyati
Sofyan Xanni „Ivry“, „Boulogne-Billancourt“ va „Nantes“ klublari bitiruvchisi. 2009-yil 1-dekabrda „Sedan“ga qarshi oʻyinda ikkinchi boʻlimda Uilyam Vankerni almashtirib, Liga 2da debyut qildi, ammo Sofyan Xanni tarkibda mustahkam oʻrin olmagan.
2011-yilning yozida ular bilan shartnomasi yakuniga yetdi va Sofyan Xanni erkin agent sifatida Turkiyaning „Kayseri Erciyesspor“ klubiga oʻtdi. 10- sentabr kuni „Bucaspor“ga qarshi oʻyinda u Turkiya birinchi ligasida debyut qildi. 25-sentabr kuni „Kartalspor“ jamoasiga qarshi kechgan duelda Sofyan Xanni „dubl“ga erishdi va „Kayseri Erciyesspor“ safida ilk gollarini urdi. Debyut mavsumida Sofyan Xanni 11 ta gol urdi va jamoaning eng yaxshi toʻpurariga aylandi. 2013-yilda u klubning elitaga chiqishiga yordam berdi.
2014-yilning yozida Sofyan Xanni Belgiyaning „Mechelen“ jamoasiga oʻtdi. 27-iyul kuni „Genk“ga qarshi oʻyinda Jupile ligasida debyut qildi. Oʻsha oʻyinda u Mechelen uchun birinchi golini urdi. 2016-yilda u Belgiya chempionatida arab millatiga mansub eng yaxshi futbolchi va afrikalik eng yaxshi futbolchi, shuningdek, Belgiya qirollik futbol assotsiatsiyasiga koʻra yilning eng yaxshi futbolchisi unvonlarini oldi.
Jamoalardagi karyerasi
Sofyan Xanni Fransiyaning yoshlar terma jamoalarida oʻynagan. 2016- yilda u oʻzining tarixiy vatani Jazoirda oʻynash taklifini oldi. 26-mart kuni Efiopiyaga qarshi Afrika Millatlar Kubogi-2017 saralashida u Jazoir terma jamoasi safida debyut qildi. 7- yanvar kuni Mavritaniyaga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida Sofyan Xanni terma jamoadagi ilk golini urdi.
Statistikasi
| Klub | Mavsum | Liga | Milliy kubog | Yevropa kubogi | Boshqa | Jami | |||||
|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
| Oʻyin | Gollar | Oʻyin | Gollar | Oʻyin | Gollar | Oʻyin | Gollar | Oʻyin | Gollar | ||
| Nantes | 2009-2010 | 1 | 0 | 0 | 0 | — | — | 1 | 0 | ||
| 2010-2011 | 3 | 0 | 0 | 0 | — | — | 3 | 0 | |||
| Jami | 4 | 0 | 0 | 0 | — | — | 4 | 0 | |||
| Kayseri Erciyesspor | 2011-2012 | 32 | 11 | 0 | 0 | — | — | 32 | 11 | ||
| 2012-2013 | 32 | 4 | 2 | 0 | — | — | 34 | 4 | |||
| Jami | 64 | 15 | 2 | 0 | — | — | 66 | 15 | |||
| Ankaraspor | 2013-2014 | 33 | 8 | 1 | 0 | — | — | 34 | 8 | ||
| KV Mechelen | 2014-2015 | 39 | 10 | 4 | 0 | — | — | 43 | 10 | ||
| 2015-2016 | 35 | 17 | 3 | 0 | — | — | 38 | 17 | |||
| Jami | 74 | 27 | 7 | 0 | — | — | 81 | 27 | |||
| Anderlecht | 2016-2017 | 38 | 10 | 2 | 0 | 15 | 3 | — | 55 | 13 | |
| 2017-2018 | 23 | 8 | 1 | 0 | 6 | 1 | 1 | 1 | 31 | 10 | |
| Jami | 61 | 18 | 3 | 0 | 21 | 4 | 1 | 1 | 86 | 23 | |
| Spartak Moscow | 2017-2018 | 7 | 2 | 2 | 0 | 2 | 0 | — | 11 | 2 | |
| 2018-2019 | 7 | 0 | 2 | 1 | 2 | 0 | — | 11 | 1 | ||
| Jami | 14 | 2 | 4 | 1 | 4 | 0 | — | 22 | 3 | ||
| Umumiy karyerasi | 250 | 70 | 17 | 1 | 25 | 4 | 1 | 1 | 293 | 77 | |
Yutuqlari
Jamoaviy yutuqlari
- „Anderlecht“
- Belgiya chempioni: 2016-2017
- Belgiya Superkubogi sohibi: 2017-yil
- „Spartak“
- Rossiya chempionatining bronza medali sovrindori: 2017-2018
Shaxsiy yutuqlari
- Eng yaxshi afrikalik futbolchi Belgiya chempionati 2015-2016
- Belgiya Qirollik Futbol Assotsiatsiyasining 2015-2016 yilgi eng yaxshi futbolchisi
- 29-dekabrda tugʻilganlar
- 1990-yilda tugʻilganlar
- Yashayotgan insonlar
- Alifbo boʻyicha futbolchilar
- Fransiyalik erkak futbolchilar
- Jazoirlik erkak futbolchilar
- FC Nantes futbolchilari
- Kayseri Erciyesspor futbolchilari
- Ankaraspor futbolchilari
- K.V. Mechelen futbolchilari
- R.S.C. Anderlecht futbolchilari
- FC Spartak Moskva futbolchilari
- Al-Gharafa SC futbolchilari
- Al Ahli SC (Doha) futbolchilari
- Al-Khor SC futbolchilari
- Liga 2 futbolchilari
