Georg Kantor (1845-yil, 3-mart, Peterburg — 1918-yil, 1-iyun, Galle) — nemis matematigi. Berlin universitetini tugatgan (1867). Galle universiteti professor (1872 — 1913). Toʻplamlar va transfinit sonlar nazariyasini (qarang Toʻplamlar nazariyasi) yaratgan. Haqiqiy sonlar toʻplamining sanoqsizligini isbotlagan (1874), toʻplamlar quvvatliligining umumiy tushunchasini ifodalagan (1878). Limit nuqta, hosilaviy toʻplamlar nazariyasini kiritgan, irratsional sonlar nazariyasini rivojlantirgan. Matematik analiz, haqiqiy oʻzgaruvchining funksiyalar nazariyasida K. nomi bilan bogʻlik muhim tushunchalar bor.
- 3-martda tugʻilganlar
- 1845-yilda tugʻilganlar
- 6-yanvarda vafot etganlar
- 1918-yilda vafot etganlar
- 1872-yilda tugʻilganlar
- 1913-yilda vafot etganlar