Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Muzayyana Alaviya (1909.20.4. Toshkent viloyati Piskent tumani — 1988.3.3, Toshkent) — shoira, folklorshunos. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi (

Muzayyana Alaviya

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Vikipediyada ismi Muzayyana boʻlgan boshqa kishilar haqida ham maqolalar mavjud.

Muzayyana Alaviya (1909.20.4. Toshkent viloyati Piskent tumani — 1988.3.3, Toshkent) — shoira, folklorshunos. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi (1968). Samarqand pedbilim yurti (1928—30), Nizomiy nomidagi Toshkent pedagogika instituti (1934—38)da oʻqigan. Toshkent shahar maktablarida oʻqituvchi (1930—40), Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Til va adabiyot institutida kichik (1940—59), katta ilmiy xodim (1959—88). M.A.ning "Bugungi men" nomli birinchi sheʼri 1927-yil "Maorif va oʻqituvchi" jur.da bosilgan. Xalq ijodkorlaridan koʻplab folklor asarlarini yozib olgan va nashrga tay-yorlagan ("Oq olma, qizil olma", 1972; "Sovet davri qoʻshiqlari", 1983 toʻplamlari; "Intizor", 1964, "Dalli", 1972 dostonlari). Oʻzbek xalq qoʻshiklarining badiiy-estetik xususiyatlari, marosim folklori boʻyicha tadqiqotlar olib borgan. "Odamiylik" (1964), "Dil nidosi" (1967), "Yon qoʻshnim, jon qoʻshnim" (1974) kabi risolalari odob-axloq masalalariga bagʻishlangan. Beruniy nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1973).

Adabiyot

  • Qodirova M., Muzayyana Alaviya, T., 1968.




Yuqori