Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Louis Nirenberg (talaffuzi: Luis Nirenberg) (1925-yil 28-fevralda tugʻilgan) — amerikalik-kanadalik matematik. Nirenberg qisman differensial tenglamalar nazariy

Louis Nirenberg

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Louis Nirenberg
Tavalludi 1925-yil 28-fevral (1925-02-28) (101 yosh)
Hamilton, Kanada
Vafoti 26-yanvar 2020
Istiqomat joylari AQSh
Fuqaroligi Kanada
AQSh
Ish joylari New York universiteti
Akademik rahbarlari James Stoker
Mashhur shogirdlari
  • Walter Craig
  • Djairo Guedes de Figueiredo
  • Sergiu Klainerman
  • Peter Gilkey
  • Martin Schechter
Mashhur ishlari Qisman differensial tenglamalar
Gagliardo–Nirenberg interpolyatsiya tengsizligi
Gagliardo–Nirenberg–Sobolev tengsizligi
Cheklangan oʻrta qiymat tebranishi (John-Nirenberg maydoni)
Mukofotlari Bôcher Memorial mukofoti (1959)
Crafoord mukofoti (1982)
Steele mukofoti (1994, 2014)
Milliy fan medali (1995)
Chern medali (2010)
Abel mukofoti (2015)

Louis Nirenberg (talaffuzi: Luis Nirenberg) (1925-yil 28-fevralda tugʻilgan) — amerikalik-kanadalik matematik. Nirenberg qisman differensial tenglamalar nazariyasiga, xususan, bunday tenglamarning kompleks tahlil va geometriyada tatbiq qilinishiga salmoqli hissa qoʻshgan. Nirenberg XX asrning eng iqtidorli matematiklaridan biri hosoblanadi. Olim 2015-yil Abel mukofoti bilan taqdirlangan.

Nirenberg Kanadaning Hamilton shahrida tugʻilgan, Montreal shahrida ulgʻaygan. Nirenberg 1945-yili McGill universitetida fizika va matematika fanlaridan bakalavr darajasini olgan. 1949-yil New York universitetida James Stoker rahbarligida PhD darajasini olgan. Shuningdek, unga 2010-yilda Britaniya Columbiasi universitetidan faxriy fan doktori ilmiy darajasi berilgan.

Nirenberg Gagliardo–Nirenberg interpolatsiya tenglamasi muallifi oʻlaroq tanilgan boʻlib, ushbu tengsizlik elliptik qisman differensial tenglamalarni yechishda qoʻl keladi. Olim, shuningdek, John-Nirenberg maydoni oʻlaroq maʼlum boʻlgan cheklangan oʻrta qiymat tebranishi funksiyalari boʻyicha ishlari bilan tanilgan. Bu funksiyalardan elastik materiallar xususiyatlarini hamda qimor oʻyinlari natijalarini oʻrganishda qoʻllanadi.

Yuqori