| Oriya tili | |
|---|---|
| | |
| Milliy nomi | ଓଡ଼ିଆ ଭାଷା va ଓଡ଼ିଆ |
| Mamlakatlar | Hindiston |
| Soʻzlashuvchilarning umumiy soni | 34 500 000 |
| Alifbosi | Odia |
| Til kodlari | |
| ISO 639-1 | or |
| ISO 639-2 | ori |
| ISO 639-3 | ory |
Oriya tili, odri, utkali — hindevropa tillari oilasi hind-oriy tillari guruhiga mansub. Hin-distonning asosiy tillaridan biri va Orissa shtatining rasmiy tili. Qoʻshni Andhra Pradesh, Madhya Pardesh va Bihor shtatlarida ham Tap-kalgan. 25 mln.dan ortiq kishi soʻzla-shadi. Tuzilishi jihatidan koʻproq bengal tiliga oʻxshaydi. Asosiy xusu-siyatlaridan biri — soʻz oxirida qisqa unlilarning saqlanishi natijasida undosh bilan tugagan soʻzlarning juda ozligidir. Dialektal jihatdan Oriya tili nisbatan bir xil boʻlib, jan.-gʻarbda bhatri lahjasigina ajralib turadi. Yozma yodgorliklari 11 — XIII asrlardan mavjud boʻlsada, hozirgi til XIX asrning 2-yarmidan shakllangan. Qad. brahmi yozuvi asosida shakllangan, harflar shakli boshqa hind yozuvlaridan farq qiladigan oʻz yozuviga ega.
- Tillar
- Tillar haqidagi chala maqolalar