Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Aymen Husayn Gʻazbon (arabcha: أيمن حسين‎‎; 1996-yil 21-yanvar) – iroqlik professional futbolchi, Iroq Premyer-ligasining „Al-Quva Al-Javiya“ klubi va Iroq term

Aymen Hussein

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Aymen Hussein
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Aymen Hussein Ghadhban Al Mafreajy
Tavallud sanasi 1996-yil 21-yanvar (1996-01-21) (30 yosh)
Tavallud joyi Hawija, Karkuk, Iroq
Boʻyi 1.89 m
Ampluasi Strayker
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Al-Quwa Al-Jawiya
Raqami 9
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2009—2011 Al-Alam
2011—2012 Tuz FC
2012—2013 Gas Al-Shamal
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2013—2014 Duhok (1)
2015—2017 Al-Naft 37 (21)
2017—2018 Al-Shorta 5 (5)
2018 Al-Naft 22 (11)
2018—2019 Sfaxien 6 (4)
2019—2021 Al-Quwa Al-Jawiya 33 (26)
2021—2022 Umm Salal 22 (11)
2022—2023 Al-Markhiya 10 (6)
2023 Al-Jazira 10 (1)
2023 Raja CA 5 (0)
2023—2024 Al-Quwa Al-Jawiya 33 (27)
2024— Al-Khor 11 (0)
2025— →  Al-Wakrah 1 (0)
Milliy terma jamoa‡
2014—2015 Iroq U20 3 (1)
2015—2018 Iroq U23 14 (11)
2015— Iroq 84 (31)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2023-yil 5-oktyabr uchun)
‡ Milliy terma jamoadagi gollari (2024-yil 19-yanvar uchun)

Aymen Husayn Gʻazbon (arabcha: أيمن حسين‎‎; 1996-yil 21-yanvar) – iroqlik professional futbolchi, Iroq Premyer-ligasining „Al-Quva Al-Javiya“ klubi va Iroq terma jamoasi hujumchisi.

Klub faoliyati


Al Shorta

2017-yil 22-avgustda Husayn Iroqning „Al Shorta“ klubi bilan shartnoma imzoladi. U 21-noyabr kuni debyutini oʻtkazdi va birinchi oʻyinda „Karbalo“ jamoasiga qarshi oʻyinda gol urdi. U ikkinchi oʻyinida ikkita gol urdi, „Al-Bahri“ jamoasi ustidan 4:1 hisobida gʻalaba qozongan Keyinchalik yana ikkita oʻyinda gol urdi va oʻzining golli rekordini ketma-ket toʻrtta oʻyinga yetkazgan. Beshinchi oʻyinda Aymen soʻnggi daqiqada penaltidan gol urolmadi va gollar seriyasini tugatdi. Aymen 2018-yilda Xitoyda boʻlib oʻtadigan 23 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasidagi Osiyo chempionatida Iroq U-23 jamoasiga qoʻshilish uchun Al-Shorta jamoasini tark etgan. Musoboqadan qaytganidan soʻng „Al Shoʻrta“ klubini tark etadi.

Al Naft

2018-yilning 2-fevralida u oʻzining sobiq klubi „Al-Naft“ klubiga sevimli murabbiyi Hasan Ahmad bilan qaytgan. Aymen „Al Naft“ jamoasi bilan birinchi oʻyinini „Al-Hudood“ FC gklubia qarshi boshladi. U „Al Naft“ bilan mavsumni ligada 22 oʻyinda 11 gol bilan yakunlagan. Jamoa 3-oʻrinni egalladi. CS Sfaxien klubiga qarshi 1-1 oʻyinidan keyin kelishmovchiliklar tufayli „Al-Naft“ jamoasidan ketgan.

CS Sfaxien

2018-yilning 15-sentyabr kuni Tunisning „Sfaksien“ klubi yozgi transfer oynasining soʻnggi kunida Aymen bilan shartnoma imzolaganini eʼlon qilgan.

Ummu Salal

2021-yilning yozida Aymen Qatarning Umm Salal jamoasiga qoʻshilgan.

Raja CA

2023-yil 23-avgustda u Marokashning Raja CA jamoasi bilan bir yillik shartnoma imzolagan.

Terma jamoadagi ishtirok

Aymen ilk bor Iroqni 2015-yilda himoya qilgan, Iroq U-23 terma jamoasida oʻynagan. U 2016-yilda Qatarda boʻlib oʻtgan AFC U-23 Osiyo kubogiga chaqirilgan edi. U uchinchi oʻrin uchun pley-off oʻyinida gʻalaba golini urdi va Iroq bronza medalini qoʻlga kiritdi. Natijada Iroq 2016-yilgi Rio Olimpiada oʻyinlariga Yoʻllanma oldi. Aymen Suriyaga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida jarohat olib, musoboqaga borishiga toʻsqinlik qildi. Keyingi yili Aymen 2018-yilgi U-23 Osiyo chempionati saralashida ishtirok etdi va Afgʻonistonga qarshi birinchi oʻyinda 5 ta gol urgan. Shuningdek, u Saudiya Arabistoni darvozasiga yana bir gol urdi va Iroq uch oʻyinda ham gʻalaba qozondi va 2018-yilgi U-23 Osiyo chempionatiga yoʻllanma oldi. Iroq chorak finalga qadar yetib bordi va Aymen turnir davomida uchta oʻyinda ikkita gol urgan.

2015-yilning 26-avgustida Aymen oʻzining milliy terma jamoadagi debyutini Livan terma jamoasiga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida oʻtkazgan. U birinchi golini 2017-yil 5-sentyabrda BAA terma jamoasiga qarshi oʻyinda jahon chempionati saralash oʻyinida kiritgan. U 23-Arab koʻrfazi kubogiga chaqirilgan va Iroq yarim finalga qadar yetib borgan.

Terma jamoada gollar

Ballar va natijalar birinchi boʻlib Iroqning gollari roʻyxatini koʻrsatadi.
№ Date Stadion Raqib Hisob Natija Musoboqa
1. 5 September 2017 Amman International Stadium, Amman  Birlashgan Arab Amirliklari 1–0 1–0 2018 FIFA Jahon chempionati saralashi
2. 26 March 2019 Basra International Stadium, Basra  Iordaniya 1–1 3–2 2019 Xalqaro doʻstlik chempionati
3. 27 January 2021  Kuvayt 2–1 2–1 Oʻrtoqlik uchrashuvi
4. 29 May 2021 Al Fayhaa Stadium, Basra    Nepal 3–2 6–2
5. 4–2
6. 12 October 2021 Zabeel Stadium, Dubai  Birlashgan Arab Amirliklari 2–1 2–2 2022 FIFA Jahon chempionati saralashi
7. 1 February 2022 Saida Municipal Stadium, Sidon  Livan 1–0 1–1
8. 18 March 2022 Al-Madina Stadium, Baghdad  Zambia 3–1 3–1 Oʻrtoqlik uchrashuvi
9. 29 March 2022 Al-Rashid Stadium, Dubai  Suriya 1–1 1–1 2022 FIFA Jahon chempionati saralashi
10. 23 September 2022 King Abdullah II Stadium, Amman  Ummon 1–1 1–1 2022 Iordaniya xalqaro turniri
11. 26 September 2022 Amman International Stadium, Amman  Suriya 1–0 1–0
12. 12 January 2023 Basra International Stadium, Basra  Yaman 3–0 5–0 25-Arab koʻrfazi kubogi
13. 4–0
14. 16 January 2023  Qatar 2–1 2–1
15. 7 September 2023 700th Anniversary Stadium, Chiang Mai  Hindiston 2–2 2–2 Qirol kubogi 2023
16. 10 September 2023  Tailand 1–0 2–2
17. 17 October 2023 Amman International Stadium, Amman  Iordaniya 1–1 2–2 2023 Iordaniya xalqaro turniri
18. 15 January 2024 Ahmad bin Ali Stadium, Al Rayyan  Indoneziya 3–1 3–1 AFC Osiyo Kubogi 2023
19. 19 January 2024 Education City Stadium, Al Rayyan  Yaponiya 1–0 2–1
20. 2–0

Oʻyin uslubi

Aymen hujumning oldida oʻynay oladigan tipik toʻliq hujumchi sifatida koʻriladi. Uning qobilyati yuqori darajada baxolanmagan boʻlsada, lekin uning toʻpurarlik hislati koʻpchilikni hayron qoldirgan. Uning oʻng oyogʻi kuchli zarbaga ega. U oʻzining katta boʻyi, jismoniy kuchi va mehnatsevarligi bilan ham mashhur. 2015-yildan beri u sobiq xalqaro hujumchi iroqlik Yunis Mahmudning eng yaxshi merosxoʻri sifatida koʻrilmoqda.

Shaxsiy hayot

Aymen 1996-yildaKirkukning janubi-gʻarbiy qismidagi Ar-Riyod tumanidagi Al-Safra qishlogʻida tugʻilgan. Qishloq IShID nazorat ostida boʻlgan Havija tumanida joylashgan edi. IShIDga qarshi bu hududda 2014-yildan 2017-yilgacha koalitsiya tarafidan havo hujumlari amalga oshirilgan. Isyonchilar 2003-yilda Saddam Husayn hokimiyatdan agʻdarilganidan beri qishloqdagi neft quvurlarini tez-tez nishonga olgan va har kuni bomba oʻrnatilgan avtomobillar va qoʻlbola portlovchi qurilmalar Aymenlar hayotining oddiy qismidir. Uning otasi, Iroq armiyasida ofitser, 2008-yilda Al-Qoida terroristik hujumi natijasida oʻldirilgan. Uning akasi IShID tomonidan oʻgʻirlab ketilgan va uning qayerdaligi hozircha nomaʼlum. Oilasining qolgan aʼzolari 2014-yilda Iroqning xavfsiz hududlariga koʻchirilgan edi.

Yutuqlar

CS Sfaxien

  • Tunis kubogi : 2018/2019

Al-Quva al-Javiya

  • Iroq Premer-ligasi : 2020/2021
  • Iroq Angliya kubogi : 2020/2021

Iroq

  • Arab koʻrfazi kubogi : 2023

Individual

  • Iroq Premer-ligasi toʻpurari: 2020/2021 (22 gol)
  • Koʻrfaz kubogi qoʻshma toʻpurari: 2023 (3 gol)
Yuqori