Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Buka Boxing — sport kiyimlari, poyabzallari va jihozlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan Oʻzbekiston kompaniyasi. Kompaniyaning bosh ofisi Toshkent shahrida

Buka Boxing

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Buka Boxing — sport kiyimlari, poyabzallari va jihozlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan Oʻzbekiston kompaniyasi. Kompaniyaning bosh ofisi Toshkent shahrida joylashgan. Kompaniyaning nomi oʻzbekcha „buqa“ soʻzidan olingan. Kompaniya „Buka“ brendi ostida oʻz mahsulotlarini loyihalashtiradi, targʻib qiladi, ishlab chiqaradi va bozorga chiqaradi. Buka Boxing asosan sport tadbirlariga homiylik qilish orqali reklama qilinadi.

Tarixi

Kompaniya 2017-yilda tashkil etilgan. Ushbu brend mahsulotlarni ishlab chiqarish Oʻzbekistondagi fabrikada amalga oshiriladi. Kompaniya bugungi kun talabidan kelib chiqib, mijozlariga barcha turdagi sport kiyimlarni taqdim etib kelmoqda. Kompaniya 2018-yilda Toshkent markazida oʻzing rasmiy flagman do‘koni ochidi. Doʻkonlar Oʻzbekistonning Urganch, Andijon va Termiz, Olmaota (Qozogʻiston) shaharlarida, shuningdek, Oʻsh va Bishkekda (Qirgʻiziston) ishlaydi. Kompaniya YeII(Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi), Markaziy Osiyo, Yevropa va Shimoliy Amerika mamlakatlaridagi bir qator federatsiyalar va assotsiatsiyalar, yakkakurashlar sohasidagi promouterlik tashkilotlarining texnik homiysi hisoblanadi.

Homiylik

Buka Boxing homiyligi ostida:

Boks

Oʻzbekiston Uzbek Tigers jamoasi
Qozogʻiston Firuza Sharipova
Amerika Qoʻshma Shtatlari Roy Jons
Tojikiston Mehrubon Sanginov

MMA

Rossiya Xabib Nurmagomedov
Oʻzbekiston Mahmud Murodov
Turkmaniston Dovletjan Yagshimuradov
Rossiya Zabit Magomedsharipov
Rossiya Zubayra Tuxugov
Oʻzbekiston Ramazon Temurov
Rossiya Rustam Xabilov
Rossiya Islom Maxachev
Rossiya Umar Nurmagomedov
Rossiya Tagir Ulanbekov
Qozogʻiston Sergey Morozov
Qozogʻiston Qayrat Ahmedov
Qozogʻiston Jalgas Jumagulov
Rossiya Rustam Kerimov

Sport federatsiyalari

Oʻzbekiston Oʻzbekiston sambo federatsiyasi
Oʻzbekiston Oʻzbekiston boks federatsiyasi
Oʻzbekiston O‘zbekiston havaskor va professional kikboksing federatsiyasi
Oʻzbekiston O‘zbekiston taekvondo federatsiyasi
Oʻzbekiston O‘zbekiston boks federatsiyasi Dushanbe

Yuqori