- Vikipediyada ismi Ergash va familiyasi Soliyev boʻlgan boshqa kishilar haqida ham maqolalar mavjud.
| Ergash Soliyev | |
|---|---|
| | |
| Mansab davri 2017-yildan – 2024-yil 19-dekabrgacha | |
| Prezident | Shavkat Mirziyoyev |
| Oʻtmishdoshi | Ulugʻbek Uzoqov |
| Vorisi | Ulugʻbek Mustafoyev |
| Mansab davri 2016-yildan – 2017-yilgacha | |
| Mansab davri 2012-yildan – 2016-yilgacha | |
| Mansab davri 2000-yildan – 2012-yilgacha | |
| Shaxsiy maʼlumotlari | |
| Tavalludi | 1956-yil 17-iyul Forish tumani, Jizzax viloyati, OʻzSSR, SSSR |
| Maʼlumoti | Samarqand davlat universiteti |
| Mukofotlari | |
Ergash Alibekovich Soliyev (1956-yil 17-iyul kuni, Forish tumanida tugʻilgan) – oʻzbek davlat arbobi, pedagog. 2017—2024-yillarda Jizzax viloyati hokimi.
Biografiyasi
Ergash Alibekovich 1978-yilda Samarqand davlat universitetini tamomlagan va 1981-yilgacha Belarus davlat universiteti aspiranti boʻlgan. 1982—1991-yillarda Toshkent politexnika institutida assistent, dotsent va kafedra mudiri, 1992-yilgacha Toshkent davlat texnika universitetida dotsent lavozimlarida ishlagan. 1992-1995-yillarda Toshkent davlat texnika universiteti ilmiy ishlar boʻyicha prorektor oʻrinbosari, 1997-yilgacha Toshkent biznes inkubator texnologiyasi bosh direktori lavozimida ishlagan.
1997—2000-yillarda Jizzax viloyati davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash boshqarmasi boshligʻi, 2000—2012-yillarda esa Jizzax viloyati Paxtakor tumani hokimi lavozimlarida ishlagan. 2012-yilda Jizzax davlat politexnika instituti rektori boʻldi.
2016—2017-yillarda Ergash Alibekovich Jizzax viloyati Arnasoy tumani hokimi lavozimida ishlab kelgan va 2017-yilda ushbu lavozimda Ulugʻbek Uzoqov oʻrniga Jizzax viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlangan.
Mukofatlar
- 2005-yilda u "Doʻstlik" ordeni bilan taqdirlangan.
- 17-iyulda tugʻilganlar
- 1956-yilda tugʻilganlar
- Forish tumanida tugʻilganlar
- Doʻstlik ordeni sohiblari
- Oʻzbekiston viloyatlari hokimlari
- Jizzax viloyati hokimlari
- Yashayotgan insonlar
- Oʻzbekiston senatorlari

