Gabriel Mkrtichevich Sundukyan (1825.29.6(11.7) Tbilisi - 1912.16.(29).3) — arman yozuvchisi, dramaturg. Arman adabiyotida tanqidiy realizm asoschilaridan. Arman teatri tashkilotchilaridan biri. Peterburg universitetini tugatgan (1850). Ilk pyesasi — "Tungi aksirish — yaxshilikka" (1863-yil sahnalashtirilgan). "Shovqin" (1866), "Yana bir qurbon" (1870), "Buzilgan uya" (1873), "Erxotin" (1888) kabi pyesalarida arman xalqining qismati va orzuintilishlari tasvirlangan. Uning "Pepo" pyesasi (1871) arman dramaturgiyasining nodir asarlaridan biri hisoblanadi. Sundukyan umrining soʻnggi yillarida "Sevgi va erkinlik" (1910), "Vasiyat" (1912) dramalarini yaratdi. Sundukyan pyesalari arman dramaturgiyasi tarixida butun bir davrni tashkil etadi. U komediya janrini tor maishiy doiradan ijtimoiy umumlashmalar darajasiga koʻtardi. "Varenkaning ziyofati" (1877) qissasi ham bor.
Adabiyot
- Abov G., Gabriel Sundukyan, Yerevan, 1956.
- Izbrannoye, M., 1953.
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
- Armaniston:Yozuvchilar
- 1825-yilda tugʻilganlar
- 11-iyulda tugʻilganlar
- 1912-yilda vafot etganlar
- 29-martda vafot etganlar