| Alijon Rahmonovich Ibragimov | |
|---|---|
| Алижон Раҳмонович Иброҳимов | |
| Tavalludi | 5-iyun 1954-yil Fargʻona, Oʻzbekiston SSR, SSSR |
| Vafoti | 3-fevral 2021-yil (66 yoshda) |
| Fuqaroligi | |
| Turmush oʻrtogʻi | Muqaddasxon Ibragimova |
Ibragimov Alijon Rahmonovich (qozoqcha: Ибрагимов Алижан Рахманович; 1954-yil 5-iyun, Fargʻona – 2021-yil 3-fevral) – asli kelib chiqishi uygʻur boʻlgan Qozogʻistonlik tadbirkor.
Biografiyasi
1970-1974-yillarda – Moskva veterinariya akademiyasida va S. Orjonikidze nomli boshqaruv institutida oʻqigan. 1989-yildan Qozogʻistonda biznes boshlagan. 1989—1991-yillarda „Nevada-Semipalatinsk“ tijorat markazi direktori. 1994-1998-yillarda „Yevraziyskiy Bank“ AJ direktorlar kengashi raisi. 2002-yildan – „Kazxrom“ kompaniyasi prezidenti. „Eurasian National Resources Corporation“ (ENRC) hamraisi.
Boyligi
Forbes jurnalining 2011-yildagi tahliliga koʻra, uning boyligi 3,7 milliard AQSH dollari miqdorida baholahgan.
Mukofotlari
Rossiyaning Hamdoʻstlik ordeni bilan taqdirlangan.
Oilasi
Oltita oʻgʻli bor.
- Turmush oʻrtogʻi Muqaddasxon Ibragimova.
- Oʻgʻillari: Doston, Davron, Shuhrat, Furqat, Ergash, Yoldosh.
- 5-iyunda tugʻilganlar
- 1954-yilda tugʻilganlar
- Fargʻonada tugʻilganlar
- 3-fevralda vafot etganlar
- 2021-yilda vafot etganlar
- Milliarderlar
- Qozogʻiston milliarderlari
- Shaxsiyatlar haqidagi chala maqolalar