Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Mirzohid Gʻofurov (ruscha: Мирзохид Ғофуров; 1988-yil 24-avgust Oʻzbekiston SSR, Namangan viloyati, Chortoq tumanida tugʻilgan) – Oʻzbekistonlik futbolchi, pozi

Mirzohid Gʻofurov

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Mirzohid Gʻofurov
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Mirzohid Abdulbekovich Gʻofurov
Tavallud sanasi 1988-yil 24-avgust (1988-08-24) (38 yosh)
Tavallud joyi Chortoq tumani, Oʻzbekiston SSR
Ampluasi Himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Metallurg
Raqami 19
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2006 Navbahor
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2007—2008 UzDongJu 25 (2)
2009—2010 Navbahor 5 (0)
2011—2014 Mashʼal 78 (8)
2015 Bunyodkor 8 (1)
2015—2017 Mashʼal 38 (5)
2017—2021 Navbahor 125 (5)
2022—2024 Neftchi 64 (3)
2025 Navbahor 15 (0)
2026— Metallurg 0 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2024-yil 9-dekabr uchun)

Mirzohid Gʻofurov (ruscha: Мирзохид Ғофуров; 1988-yil 24-avgust Oʻzbekiston SSR, Namangan viloyati, Chortoq tumanida tugʻilgan) – Oʻzbekistonlik futbolchi, pozitsiyasi boʻyicha himoyachi. Hozirda Bekobodning „Metallurg“ klubi futbolchisi.

Futbolchilik faoliyati

Mirzohid Namangan futboli tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Katta futboldagi faoliyati Andijonda, boʻyoqchilar klubi „UzdongJu“ klubida boshlagan. Andijonliklar safida 2 mavsum davomida toʻp surgan. 2009-yil Namanganning „Navbahor“ klubi tarkibiga oʻtadi. 2011-yilgi mavsumda Muborakning „Mash’al“ klubi tarkibiga borib qoʻshiladi va 4 mavsum davomida „gazchilar“ sharfini himoya qiladi. 2015-yilgi mavsum avvalida Toshkentning „Bunyodkor“ klubiga Sergey Lushan taklifiga koʻra, qaldirgochlar libosini kiyadi. Yarim mavsum davomida „Bunyodkor“ klubi sharafini himoya qilgan Mirzohid 2015-yil yozgi mavsumida Muborakning „Mash’al“ klubiga qaytadi. Muborakliklar safida 2 mavsum davomida toʻp surgan va 2017-yil sobiq jamoasi „Navbahor“ klubiga qaytgan. Lochinlar sharafini 5 mavsum davomida himoya qilib 2018-yilgi mavsumda Oʻzbekiston Superligasida bronza medallariga sazovoz boʻlgan. 2022-yilgi mavsumda yangi oʻzgarishlarni boshdan kechirayotgan Fargʻonaning „Neftchi“ klubi bilan shartnoma imzolagan. Uch mavsum davomida „Neftchi“ klubi tarkibida 64 ta oʻyinda 3 ta gol muallifi boʻlgan.

Yutuqlari

  • Oʻzbekiston Pro ligasi gʻolibi: (1) 2013
  • Oʻzbekiston PFL kubogi gʻolibi: (1) 2014
Yuqori