Balxab tumani بلخاب | |
|---|---|
| tuman | |
| | |
| 35°27′29″N 66°36′8″E / 35.45806°N 66.60222°E | |
| Mamlakat | Afgʻoniston |
| Aholisi (2009) | 350 000 |
| | |
Balxab (forscha: بلخاب) — Afgʻonistonning Sarupul viloyatidagi tuman. Tuman markazi Balxabda joylashgan boʻlib, Tarkhoj nomi bilan ham tanilgan.
Hududda koʻmir qazib olinadi. GSA hisobotiga koʻra, Sarupul viloyatining Balxab tumanida yirik mis koni ham boʻlib, ushbu yangi topilgan mis koni Kobulning janubi-sharqidagi Logar viloyatiga qarashli hozirgi Aynak mis konidan kattaroqdir. U milliardlab AQSH dollariga baholanadi va Afgʻonistondagi eng yirik zaxiradagi mis konlaridan biridir. 2018-yilning 5-oktabr kuni Vashingtonda afgʻon rasmiylari Centar investitsiya guruhi va "Afgʻoniston Gold and Minerals Co" kompaniyasi oʻrtasida 56 million dollarlik sarmoyani oʻz ichiga oluvchi mis qazib olish loyihasi boʻyicha 30 yillik shartnoma imzolagan. Shartnomadan maqsad 500 kvadrat kilometr maydonda tadqiqot oʻtqazish va keyinchalik konchilikni rivojlantirish boʻlgan.
Balxab tumani 2022-yilda Tolibon uni qaytarib olishidan oldin qisqa muddatga Mehdi Mujahid tomonidan nazorat qilingan.
- Afgʻoniston geografiyasiga oid chala maqolalar