Sergey Mixaylovich Gramenitskiy (1859-yil, 9-iyun—1919-yil, 2-may) — rus maʼrifatparvari. 1881-yil Peterburg universitetini tugatib, dastlab Toshkent erlar gimnaziyasida (1881), soʻngra (1882—1893) Toshkent qizlar gimnaziyasida matematika, kosmografiyadan dars bergan. 1892—1912-yillarda Sirdaryo viloyati xalq bilim yurtlari direktori —bosh inspektor. Gramenitskiy oʻqitish usullari va mazmunini takomillashtirish tarafdori boʻlgan, darsda koʻrgazmali qurollardan foydalanishni keng targʻib qilgan. Uning rahbarligida Turkistondagi rus-tuzem maktablari uchun darslik va dasturlar tuzilgan, oʻzi rus-tuzem maktablari uchun darslik va qoʻllanmalar yozgan. Bulardan asosiysi — 3 qismdan iborat "Kniga dlya chteniya" ("Oʻqish kitobi") kitobi. Gramenitskiy oʻz darsliklari uchun 1900-yilda Parij koʻrgazmasining kumush medali bilan taqdirlangan.
Adabiyotlar
- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
| Shaxsiyat haqidagi ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. |
- Shaxsiyatlar haqidagi chala maqolalar
- 1859-yilda tugʻilganlar
- 1919-yilda vafot etganlar
- 1882-yilda tugʻilganlar
- 1893-yilda vafot etganlar