Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Dilshod Hamidovich Ahatov — oʻzbek diplomati. 2023-yil 27-sentyabrdan Oʻzbekistonning Germaniyadagi elchisi. 2010—2013-yillarda Oʻzbekistonning Olmoniya, Shveys

Dilshod Ahatov

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Vikipediyada ismi Dilshod va familiyasi Ahatov boʻlgan boshqa kishilar haqida ham maqolalar mavjud.
Dilshod Hamidovich Ahatov
 Oʻzbеkistоnning Olmoniyadagi elchisi
 
Mansab davri
2023-yil 27-sentyabrdan – hozirgacha
Prezident Shavkat Mirziyoyev
Oʻtmishdoshi Nabijon Qosimov
Mansab davri
2010-yil 4-iyuldan – 2013-yil 27-aprelgacha
Prezident Islom Karimov
Oʻtmishdoshi Baxtiyor Gʻulomov
Vorisi Durbek Omonov
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 1972-yil 28-fevral (1972-02-28) (54 yosh)
Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on shahri

Dilshod Hamidovich Ahatov — oʻzbek diplomati. 2023-yil 27-sentyabrdan Oʻzbekistonning Germaniyadagi elchisi. 2010—2013-yillarda Oʻzbekistonning Olmoniya, Shveysariya, Shvetsiya, Chexiya va Ispaniyadagi elchisi. 2020—2023-yillarda Oʻzbekiston Respublikasining Hindiston, Bangladesh va Nepaldagi elchisi boʻlib faoliyat yuritgan.

Maʼlumoti

1993-yilda Moskva davlat xalqaro munosabatlar institutini, 1995-yilda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetini tamomlagan. Nemis, rus va ingliz tillarida gapiradi.

1995-1999 — Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Yevropa davlatlari departamenti referenti, attashesi.

1999-2003 — O‘zbekiston Respublikasining Olmoniya Federativ Respublikasidagi elchixonasi uchinchi kotibi.

2003-2007 — O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Yevropa davlatlari bilan hamkorlik boshqarmasi boshlig‘i.

2007-2010 — O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Yevropa va NATO davlatlari bilan hamkorlik boshqarmasi boshligʻi.

2010-2013 — O‘zbekiston Respublikasining Germaniya Federativ Respublikasi, bir vaqtning o‘zida Shveysariya, Chexiya, Shvetsiya va Ispaniyadagi Favqulodda va Muxtor Elchisi.

2013-2016 — O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining BMT va xalqaro tashkilotlar bilan ishlash boshqarmasi boshlig‘i.

2016-2018 — O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Yevropa va NATO mamlakatlari bilan hamkorlik boshqarmasi boshlig‘i.

2018-2018 — O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Ikki tomonlama hamkorlik bosh boshqarmasi boshlig‘i.

2018-2020 — O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari.

2020-yil 18-iyuldan 2023-yil 26-sentyabrgacha O‘zbekiston Respublikasining Hindiston Respublikasi, bir vaqtning o‘zida Bangladesh hamda Nepaldagi Favqulodda va Muxtor elchisi etib tayinlanadi va bu lavozimda 2023-yilgacha faoliyat yuritadi.

2023-yil 27-sentyabrda Oʻzbekistonning Germaniyadagi elchisi lavozimiga tayinlangan.

Yuqori