| Azim Suyun | |
|---|---|
![]() | |
| Asl ismi | Azimboy Alimovich Suyunov |
| Tavalludi | 22-fevral 1948-yil Nakurt qishlogʻi, Payariq tumani, Samarqand viloyati, OʻzSSR |
| Vafoti | 9-mart 2020-yil (72 yoshda) Toshkent, Oʻzbekiston |
| Kasbi | 1978-2020 |
| Shoh asari | „Sarbadorlar“ (1994) |
Azim Suyun (Azimboy Alimovich Suyunov) (1948-2020) – shoir.
Biografiyasi
1948-yil 22-fevralda Samarqand viloyatiga qarashli Nakurt qishlogʻida tugʻilgan. Oliy maʼlumotli. 1977-yilda Toshkent universiteti (hozirgi OʻzMU)ning jurnalistika fakultetini bitirgan. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputati. Azim Suyun harbiy xizmat burchini oʻtab qaytgach, poytaxt qurilishlarida mehnat qildi. Keyinchalik „Toshkent universiteti“ gazetasida adabiy xodim, Gʻafur Gʻulom nomidagi adabiyot va sanʼat nashriyotida muharrir boʻlib ishladi. Oʻzbekiston Matbuot Davlat qoʻmitasida adabiy maslahatchi, Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasida mas’ul kotib, „Xalq soʻzi“ gazetasida boʻlim muharriri, 1993–2002-yillarda „Oʻzbekiston ovozi“ va „Golos Uzbekistana“ gazetalarining Bosh muharriri, „Guliston“ jurnalining Bosh muharriri vazifalarida xizmat qildi. Azim Suyun butunjahon shoirlar kongressi aʼzosi.
Ijodi
Azim Suyun sheʼrlari, sheʼriy turkumlari va kitoblari turk, ingliz, arab, rus, qozoq, tojik, qirgʻiz, turkman, qoraqalpoq, tuva va boshqa tillarda chop etilgan. Azim Suyunning „Sarbadorlar“ tragediyasi, „Zamin taqdiri“, „Oʻzbekiston“, „Bir tomchi suv dengizga aylangan kecha va yoki imorat“ kabi dostonlari mashhur. Azim Suyun keng qamrovli dramaturg, haqsoʻz publitsist sifatida ham tanilgan.
Toʻplamlari
Azim Suyunning oʻzbek tilida nashr etilgan toʻplamlari:
- „Mening osmonim“ – 1978-yil.
- „Zarb“ – 1979-yil.
- „Zamin taqdiri“ – 1981-yil.
- „Xayolot“ – 1984-yil.
- „Ziyo yoʻli“ – 1986-yil.
- „Javzo“ – 1987-yil.
- „Olis tonglar“ – 1989-yil.
- „Kuyganim-suyganim“ – 1992-yil.
- „Sarbadorlar“ – 1994-yil.
- „Qora koʻzing sening“ – 1994-yil.
- „Saylanma“ – 1997-yil.
- „Oʻzlik“ – 1999-yil.
Shoir ijodi tadqiq etilgan maqolalar
- Ibrohim Gʻofurov. „Jimjit bulut ichidan chaqin“, „Oʻzlik“ (toʻplam), T.: 1999, „Sharq“ NMAK, (3–7-betlar)
- Umarali Normatov. „Soʻz tuzalsa – el tuzalar“, „Xalq soʻzi“ – 1992-yil.
- Abdulla Oripov. „Bitik – mustaqil janr“, „Tafakkur“ jurnali, 2002-yil, 3-son.
- 22-fevralda tugʻilganlar
- 1948-yilda tugʻilganlar
- Payariq tumanida tugʻilganlar
- 9-martda vafot etganlar
- 2020-yilda vafot etganlar
- Toshkentda vafot etganlar
- Oʻzbekistonlik shaxsiyatlarga oid chala maqolalar
- Oʻzbekiston Milliy universiteti bitiruvchilari
- Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining deputatlari
- Oʻzbekistonlik erkak yozuvchilar
- Samarqand viloyati yozuvchilari
- Oʻzbekistonlik erkak shoirlar
- Alifbo boʻyicha siyosatchilar
