Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Ahmad Toshmurodovich Ogʻamurodov (turkmancha: Ahmet Täçmyradowiç Agamyradow; 14-iyun 1979-yil, Ashxobod) – turkman futbolchisi, Turkmaniston olimpiya terma jamo

Ahmad Ogʻamurodov

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Ahmad Ogʻamurodov
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Ahmad Toshmurodovich Ogʻamurodov
Tavallud sanasi 1979-yil 14-iyun (1979-06-14) (47 yosh)
Tavallud joyi AshxobodTurkmaniston SSR
Boʻyi 1.75 cm (1⁄2 in)
Ampluasi Hujumchi

Ahmad Toshmurodovich Ogʻamurodov (turkmancha: Ahmet Täçmyradowiç Agamyradow; 14-iyun 1979-yil, Ashxobod) – turkman futbolchisi, Turkmaniston olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi. Turkmanistonlik murabbiy Toshmurod Ogʻamurodovning oʻgʻli.

Klub faoliayti

1994—1995-yillarda „Nisa“ klubi oʻrinbosarlari, 1995—1996-yillarda „Kopetdag“ FK oʻrinbosarlar jamoasida oʻynagan.

1996—1999-yillarda „Dagdan“ klubida, 1999—2000-yillarda „Kopetdog“da oʻynagan. Oxirgi klubi „Melik“ havaskor futbol klubi boʻlib, u 2004—2008-yillarda oʻynagan.

1999-yilda Turkmaniston yoshlar terma jamoasiga chaqirilgan.

Murabbiylik faoliayti

2006-yildan 2016-yilgacha Ashxobod shahridagi sport futbol maktabida murabbiy boʻlib ishlagan, vaqti-vaqti bilan Turkmaniston chempionati oliy ligasi jamoalarida bosh murabbiylik lavozimiga oʻtgan. 2009-yildan oʻzi asos solgan „Oltin Tach“ futbol klubida bosh direktori boʻlib ishlagan.

2011—2013-yillarda Turkmaniston yoshlar terma jamoasini boshqargan. 2014-2016-yillarda Turkmaniston yoshlar terma jamoasiga ustozlik qilgan. Uning boshchiligida Turkmaniston terma jamoasi 2015-yilgi Hamdoʻstlik kubogida turnirning kuchli toʻrtta jamoasiga kirdi.

2015-yildan 2016-yilgacha u bir vaqtlar Turkmaniston Oliy liga chempionatida ishtirok etgan „Xazina“ futbol klubi bosh murabbiyi boʻlgan. 2015-yilgi futbol boʻyicha Turkmaniston chempionatida 10 ta jamoa ichida 7-oʻrinni egallagan.

2016—2017-yillarda poytaxtning „Ashxobod“ futbol klubini boshqargan. 2021-yil iyun oyida Ahmad Ogʻamurodov boshchiligidagi Turkmanistonning 23 yoshgacha boʻlgan olimpiya terma jamoasi mamlakat tarixida ilk bor 23 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar oʻrtasidagi Osiyo chempionati final bosqichiga yoʻllanma olgan.

Yuqori