Leonid Borisovich Kogan (1924.14.11, hozirgi Dnepropetrovsk — 1982, Moskva) — zamonaviy skripka ijrochilik maktabining yirik namoyandasi. Moskva konservatoriyasini tugatgan (1948). Moskva filarmoniyasida yakkaxon sozanda (1944-yildan), Moskva konservatoriyasining oʻqituvchisi (1952-yildan), professor (1963-yildan), kafedra mudiri (1969-yildan). Romantik yoʻnalishdagi, koʻpqirrali va rang-barang ijro uslubi oʻzining koʻtarinki ruhi, teran falsafiy mazmundorligi, badiiy fikrlash qamrovi kengligi, ulugʻvorligi va, ayni paytda, nozikligi, kuychanligi bilan ajralib turadi. Repertuaridan mumtoz va XX asr kompozitorlari asarlari oʻrin olgan. 1951-yildan boshlab jahon boʻylab gastrolda boʻlgan.
- Sovet Ittifoqi kishilari
- Shaxsiyatlar haqidagi chala maqolalar