Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Ilhom Haydar oʻgʻli Aliyev (ozarbayjoncha: İlham Heydər oğlu Əliyev; 1961-yil, 24-dekabr; Boku, Ozarbayjon SSR, SSSR) — Ozarbayjonlik siyosiy va davlat arbobi.

İlham Əliyev

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(dan yoʻnaltirildi)

Vikipediyada ismi Ilhom va familiyasi Aliyev boʻlgan boshqa kishilar haqida ham maqolalar mavjud.
Ilhom Haydar oʻgʻli Aliyev
İlham Heydər oğlu Əliyev
 Ozarbayjon Prezidenti
 
Mansab davri
2003-yil 31-oktabr
Oʻtmishdoshi Haydar Aliyev
 Ozarbayjon Bosh vaziri
 
Mansab davri
2003-yil 4-avgust – 2003-yil 4-noyabrgacha
Oʻtmishdoshi Artur Rosizoda
Vorisi Mehribon Aliyeva
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 1961-yil 12-dekabr (1961-24-12) (64 yosh)
Boku, Ozarbayjon SSR, SSSR
Fuqaroligi Ozarbayjon bayrogʻi Ozarbayjon
Siyosiy partiyasi „Yangi Ozarbayjon“
Turmush oʻrtogʻi Mehribon Aliyeva
Bolalari oʻgʻli: Haydar
qizlari: Orzu va Leyla Alieva
Onasi Zarifa Aliyeva
Otasi Haydar Aliyev
Mukofotlari 1-klass Turkiya ordeniفکر کنم Qirol Abdulaziz ordeni
Imzosi

Ilhom Haydar oʻgʻli Aliyev (ozarbayjoncha: İlham Heydər oğlu Əliyev; 1961-yil, 24-dekabr; Boku, Ozarbayjon SSR, SSSR) — Ozarbayjonlik siyosiy va davlat arbobi. 2003-yilning 31-oktyabridan Ozarbayjon Respublikasining toʻrtinchi prezidenti lavozimini egallagan. Undan oldinroq 2003-yilning 4-avgustidan oʻsha yilning 4-noyabrigacha Ozarbayjon Respublikasi bosh vaziri.

Hayoti

  • Ilhom Aliyev 1961-yil 24-dekabrda Boku shahrida tugʻilgan. 1967-1977-yillarda Boku shahridagi 6-oʻrta maktabda tahsil olgan.
  • 1977-yilda Моskva davlat xalqaro munosabatlar institutiga oʻqishga kirgan. Uni tugatgandan soʻng institutning aspiranturasiga qabul qilingan, 1985-yilda dissertasiya himoya qilib, tarix fanlari nomzodi ilmiy darajasini olgan.
  • 1985—1990-yillarda Moskva Davlat Xalqaro Munosabatlar institutiinstitutida oʻqituvchi boʻlib ishlagan.
  • 1991—1994-yillarda xususiy biznes sohasida ishlagan. Bir qator mahsulot — kommersiya muassasalariga rahbarlik qilgan.
  • 1994-yildan 2003-yil avgust oyiga qadar Ozarbayjon Respublikasi Davlat Neft Shirkatinning vitse-prezidenti, birinchi vitse-prezidenti boʻlgan. Haydar Aliyevning neft strategiyasini amalga oshirishda faol ishtirok etgan.
  • Suveren Ozarbayjon neft siyosatining geosiyosiy aspektlariga oid bir qator tadqiqot isharining muallifi. Siyosiy fanlar doktori.
  • 1995-yilda va 2000-yillarda Оzarbayjon Respublikasi Milliy Majlisiga deputat etib saylangan. 2003-yilda Ozarbayjon Bosh vaziri lavozimiga tayinlanishi sababli deputatlik faoliyatini toʻxtatgan.
  • 1997-yildan Оzarbayjon Milliy Olimpiya qoʻmitasining Prezidenti. Sport va Olimpiya harakatining rivojiga qoʻshgan ulkan xizmatlari uchun Хalqaro Olimpiya Qoʻmitasining yuksak ordeni bilan mukofotlangan.
  • 1999-yilda Yangi Ozarbayjon Partiyasi raisining oʻrinbosari 2001-yilda raisning birinchi oʻrinbosari, 2005-yilda esa partiyaning raisi etib saylangan.
  • 2001—2003-yillarda Ozarbayjon Respublikasi Milliy Majlisining Yevropa Kengashi Parlament Assambleyasida delegatsiya rahbari boʻlgan.
  • 2003-yilning yanvarida Yevropa Soveti Parlament Assambleyasi raisining oʻrinbosari, ESPA Byuro aʼzosi etib saylangan.
  • 2004-yilning aprelida ESPA faoliyatidagi faol ishtiroki va Yevropa ideallariga sadoqati uchun ESPAning faxriy aʼzosi diplomi va ESPA medali bilan mukofotlangan.
  • 2003-yil 4-avgustda Milliy Majlis tomonidan tasdiqlangach, Ozarbayjon Respublikasining Bosh Vaziri etib tayinlangan.
  • 2003-yil 15-oktyabrda Ozarbayjan Respublikasining Prezidenti etib saylangan. Prezident saylovlarida saylovchilarning 76 % dan ortigʻi Ilhom Aliyev uchun ovoz bergan. 2003-yil 31-oktyabrdan oʻz vazifasini bajarishga kirishgan.
  • 2008-yilda qaytadan prezident etib saylangan. 2013-yilda uchinchi muddatga prezident etib saylangan va hozir prezident vazifasini bajarishda davom etmoqda.
  • Ozarbayjon, rus, ingliz, fransuz va turk tillarini biladi.
  • Oilali. Uch farzandi, toʻrt nevarasi bor.

Mukofotlari

  • 28.04.2005 — “Haydar Aliyev” ordeni
  • „Qirol Abdulaziz“ ordeni
  • „Shuhrat“ ordeni
  • „Muborak al-Kabir“ ordeni
  • „Uch yulduz“ ordeni „Katta xoch kavaleri“ darajasi
  • Bolgariya Respublikasining yuksak mukofoti — „Stara Planina“ ordeni
  • Belarus Respublikasi, Doʻstlik tartibi
  • Xalqaro munosabatlar va tinchlik uchun Xayriya Murabbiysi mukofoti
  • „Yil kishisi“ — 2010-yilning noyabr oyida Buxarest shahrida Ruminiyaning „BalcaniişiEuropa“ („Bolqonlar va Yevropa“) jurnali tomonidan taqdim etilgan
  • Gretsiya parlamentining Oltin medali
  • „Shayxulislom“ ordeni
  • Rossiya Pravoslav Cherkovining „Prepodobniy Sergiy Radonejskiy“ birinchi darajali Ordeni
  • „Katta Kordon“ Shuhrat Ordeni (xalqaro Harbiy -Sport Soveti)
  • FILA — Shuhrat Zalining eng yuksak „Sport Afsonasi“ ordeni
  • Yevropa Adolatli Oʻyinlar harakatining „Shuhrat“ ordeni
  • MDH mamlakatlari Sport Tashkiloti Xalqaro konferensiyasining „Shuhrat Ordeni“
  • „Birlik ordeni“
  • „Ismoili Somoniy“ ordeni
  • „Xalqlar doʻstligi“ ordeni
  • Birinchi darajali Тurkiya Respublikasi Davlat Ordeni (2013)
  • Ozodlik ordeni (2013)
  • Janub-Janub mukofoti(2015)

Faxriy doktori boʻlgan universitetlar

  • Boku Davlat universitetining faxriy doktori
  • Linkoln Universitetining faxriy doktori
  • Moskva Davlat Xalqaro Munosabatlar universitetining faxriy doktori
  • L. N. Gumilyev — Ovrosiyo Milliy universitetining professori
  • Bilkent universitetining faxriy doktori
  • Soliqlar boʻyicha Milliy akademiyaning faxriy doktori
  • Ploesti Neft va Gaz universitetining faxriy doktori
  • Milliy va Jahon Iqtisodiyoti universitetining faxriy professori
  • Kyung Hi Universitetining faxriy doktori
  • Iordaniya Universitetining faxriy doktori
  • Korvinus universitetining ijtimoiy fanlar boʻyicha faxriy doktori
  • M. V. Lomonosov nomidagi Moskva Davlat universitetining faxriy professori
  • Taras Shevchenko nomidagi Kiyev Milliy universitetining faxriy doktori
  • Maxtumquli nomidagi Turkmaniston universitetining faxriy professori
  • Belorus Davlat universitetining faxriy professori;
  • Turk Havo Qurumi universitetining faxriy doktori.

Faxriy fuqaroligi

  • Astraxan shahrining faxriy fuqarosi.

Tasvirlar

Yuqori