Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Nikolay Dmitriyevich Kondratiyev (1892-yil 16-mart, Galuyevskaya, Kineshemskiy tumani, Kostroma guberniyasi — 1938-yil 17-sentyabr, Kommunarka poligoni, Moskva

Nikolay Kondratiyev

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Nikolay Kondratiyev
Tavalludi 16-mart 1892-yil
Kostroma guberniyasi Rossiya imperiyasi
Vafoti 17-sentyabr 1938-yil
Kommunarka
Fuqaroligi SSSR
Taʼlimi 1-Kostroma gimnaziyasi,Sankt-Peterburg davlat Universteti yuridik fakulteti.
Kasbi Iqtisodchi, Siyosatchi

Nikolay Dmitriyevich Kondratiyev (1892-yil 16-mart, Galuyevskaya, Kineshemskiy tumani, Kostroma guberniyasi — 1938-yil 17-sentyabr, Kommunarka poligoni, Moskva viloyati) — rus va sovet iqtisodchisi. „Kondratiyiyev sikllari“ deb nomlanuvchi iqtisodiy sikllar nazariyasining asoschisi. SSSRda „yangi iqtisodiy siyosat“ni nazariy jihatdan asoslab berdi. 1930-yil 19-iyunda OGPU tomonidan soxta ayblovlar bilan hibsga olingan. SSSR Oliy sudining harbiy kollegiyasi tomonidan 1938-yil 17-sentyabrda otuvga hukm qilingan va oʻsha kuni otib tashlangan. Ikki marta — 1963 va 1987-yillarda oqlangan.

Biografiyasi

1892-yil 16-martda Kostroma viloyati, Kineshemskiy tumani, Galuyevskaya qishlog‘ida(hozirgi Ivanovo viloyati, Vichug tumanida, Vichug shahridan 4,9 km uzoqlikda) koʻp bolali dehqon oilasida tugʻilgan. N. D. Kondratiyevning oʻzi yangi uslubda 17-martni oʻzining tugʻilgan kuni deb hisoblagan (metrik kitobdan koʻchirmada, 12 oʻrniga, taqvim oʻzgargandan keyin tugʻilgan kunga 13 kun qoʻshilgan). Bu olimning 1924-yil 28-aprelda yozilgan tarjimai holida va 1933-yil 17-martda xotiniga yozgan xatida qayd etilgan.

Mutaxassisligi

Kondratiyev SSSR Moliya Xalq Komissarligi qoshidagi Konyunktura institutining asoschilaridan biri va birinchi direktori boʻlgan (1920—1928). 1920-1923-yillarda — Xalq yer komissarligida, qishloq xoʻjaligi iqtisodiyoti va siyosati boshqarmasi boshligʻi va „olim mutaxassis.“ SSSR Davlat rejalashtirish qo‘mitasining qishloq xo‘jaligi boʻlimida ishlagan. Uning rahbarligida RSFSR qishloq va o‘rmon xo‘jaligini rivojlantirishning 1923—1928-yillarga moʻljallangan istiqbolli rejasi (Kondratiyevning qishloq xoʻjaligi besh yilligi) ishlab chiqildi, unda reja va bozor tamoyillari uygʻunlashtirilgan.

Oilasi

Xotini — Yevgeniya Davidovna Dorf (1893-1982) tugʻilganda onasining familiyasi Plexanova edi, chunki u nikohsiz tugʻilgan, 1901-yilda otasining familiyasini oldi — yuqumli kasalliklar shifokori David Yakovlevich Dorf (1866 yoki 1867-1920). 1918-yil oktyabr oyida Yevgeniya Davidovna Markaziy zig‘irchilik shirkatiga shtatdan tashqari statistik boʻlib ishga kirdi va u yerda Kondratev bilan tanishdi. Ular 1921-yil fevral oyidan kechiktirmay turmush qurishdi.

Qizi — Yelena Nikolayevna Kondratiyeva (1925—1995), mikrobiolog, MDU professori, RFA akademigi. Davlat mukofoti laureati.

Yuqori