| Giulio Andreotti | |
|---|---|
![]() | |
| Italiya Bosh vaziri | |
| Prezident | Giovanni Leone |
| Shaxsiy maʼlumotlari | |
| Tavalludi | 14-yanvar 1919-yil Rim, Italiya Qirolligi |
| Vafoti | 6-may 2013-yil (94 yoshda) |
Giulio Andreotti (1919-yil 14-yanvar Rim, Italiya — 2013-yil 6-may Rim, Italiya) — Italiyaning 41-bosh vaziri, italiyalik siyosatchi.
Faoliyati
Dastlab, Andreotti Italiyadagi Rome La Sapienza universitetida tahsil olgan. 1972—1973, 1976—1979 va 1989—1992-yillarda Italiyaning Bosh vaziri lavozimida faoliyat yuritgan. 1968—1972-yillarda Deputatlar palatasida Xristian-demokratik partiya fraksiyasining raisi vazifasida faoliyatini davom ettirgan. 1995-yili mafiya bilan aloqadorlikda ayblanib, sudga hukm qilingan. 1946-yilda Giulio Taʼsis majlisi aʼzosi sifatida bosh vazir kotibi lavozimini egallagan va 1953-yilga qadar shu vazifada qolgan.
Andreotti Vatikan va kapitalistik tuzumni qoʻllab-quvvatlagan. Shuningdek, u Italiya kommunistik partiyasiga qarshi chiqqan. Kuchli iqtisodiyotga ega Yevropa hamjamiyati rivojlanishining tarafdori boʻlgan. Andreotti Italiya Bosh vaziri lavozimiga 7 marta saylangan. Maʼlumoti boʻyicha huquqshunos boʻlsa-da, faoliyatini jurnalistikadan boshlagan. Uning muallifligi ostida „Tarixni yaratuvchilar bilan uchrashuv“ nomli kitob chop etilgan. Bu kitobda u Misr qiroli Farruxdan tortib, Margaret Thatchergacha hikoya qilgan.
Davlat arboblari qatorida eng yuqori darajaga ega boʻlgan Andreotti jinoiy taʼqibga uchragan va Cosa Nostra bilan hamkorlik qilishda ayblangan. 1980-yilda ayblovning nohaqligini isbotlashga muvaffaq boʻlgan.
Andreotti iqtisodiy inqiroz bilan kurashgan, koʻpgina italyanlarning hashamatli turmush tarzini tanqid qilib, qattiq choralar koʻrishga harakat qilgan. Andreotti bir oz vaqtdan soʻng Italiyadagi eng obroʻli siyosiy partiya boʻlgan Xristian-demokratlarning parlament fraksiyasiga rahbarlik qilgan, 1972-yilda esa birinchi bor mamlakat hukumatini boshqargan. Tez-tez roʻy beruvchi hukumat inqirozlari Italiyaning urushdan keyingi yillardagi siyosiy anʼanasiga aylangan. Urushdan keyingi 60 yil ichida qariyb 50 marta hukumat inqirozi roʻy bergan. Andreotti bir necha bor tashqi ishlar vaziri, ichki ishlar vaziri, iqtisodiy rejalashtirish vaziri va bosh vazir lavozimlarida faoliyat yuritgan. Rimliklar Andreottini „qari tulki“ deb atashgan. Keyinchalik, 1974-yil 23-noyabrdan 1976-yil 28-iyulga qadar davlatning iqtisodiyoti, ichki va tashqi savdo munosabatlari boʻyicha turli xil dasturlar yaratgan. 1983—1989-yillarda Italiya Tashqi ishlar vazirligida faoliyat yuritgan. 1991-yilda prezident Francesco Cossiga tomonidan senator etib saylangan va 2013-yilga qadar shu lavozimda qolgan.
1999-yilning mart oyida Sitsiliyaning poytaxti Palermoda sud boʻlib oʻtgan. Prokuror „siyosiy obroʻsidan mafiyaga yordam berish uchun foydalanganligi va undan pul hamda boshqa turdagi minnatdorchiliklar qabul qilganligi“ uchun 80 yoshli siyosatchiga oʻn besh yillik qamoq jazosini talab qilgan. Andreotti oʻziga qoʻyilgan ayblarni mutlaqo rad etgan. U sud maslahatchilari oldida oʻzini himoya qiluvchi nutq soʻzlagan, prokuror esa ayblanuvchining aybini toʻlaligicha isbot qilib bera olmagan. Natijada 1999-yil 23-oktyabr kuni sud Giulio Andreottidan mafiyaga aloqadorlik haqidagi ayblovni olib tashlagan va u Italiya Senatining umrbod aʼzosi sifatida siyosiy mavqeini saqlab qolgan.
Shaxsiy hayoti
1945-yil 16-aprel kuni Andreotti Livia Danese bilan turmush qurgan, ularning ikki nafar oʻgʻil va ikki nafar qiz farzadlari bor; Lamberto, Marilena, Stefano va Serena.
Vafoti
Andreotti 2013-yil 6-may sanasida vafot etgan. Italiya siyosati tarixida hech kim Giulio kabi uzoq muddat bosh vazirlik faoliyatini yuritmagan. The New York Times nashriyoti siyosatshunos Andreottining butun hayoti davomidagi faoliyati, shuningdek, vafoti haqida maʼlumot bergan .
- 14-yanvarda tugʻilganlar
- 1919-yilda tugʻilganlar
- Rimda tugʻilganlar
- 6-mayda vafot etganlar
- 2013-yilda vafot etganlar
- Italiya Bosh vazirlari
- Olimpiya oʻyinlari tashkiliy qoʻmitasi prezidentlari
- Italiyalik siyosatchilar
- Rimda vafot etganlar
- Alifbo boʻyicha siyosatchilar
