Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Sardor Rafkatovich Qobuljonov (ruscha: Кобулжанов, Сардор Рафкатович; 1987-yil 2-fevralda tug'ilgan) — oʻzbek futbolchisi. „Kattaqoʻrgʻon“ klubi darvozaboni.

Sardor Qobuljonov

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Sardor Qobuljonov
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Sardor Rafkatovich Qobuljonov
Tavallud sanasi 1987-yil 2-fevral (1987-02-02) (39 yosh)
Tavallud joyi Toshkent, Oʻzbekiston SSR
Boʻyi 185 cm (6 ft 1 in)
Ampluasi Darvozabon
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Kattaqoʻrgʻon
Raqami TBD
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
Paxtakor
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2007 Metallurg 1 (-)
2007—2009 Paxtakor 2 (0)
2009—2011 Oqtepa 24 (−14)
2011—2014 Buxoro 44 (-62)
2014 Neftchi 5 (0)
2015 Lokomotiv 2 (0)
2015—2017 Buxoro 22 (0)
2017 Sementchi - (0)
2018 Metallurg - (0)
2019 Surxon 5 (0)
2020—2023 Buxoro 40 (0)
2024 Vaxsh Bohtar 16 (0)
2025 Xorazm 11 (0)
2026— Kattaqoʻrgʻon 0 (0)
Milliy terma jamoa
2012—2013 Oʻzbekiston 0 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Sardor Rafkatovich Qobuljonov (ruscha: Кобулжанов, Сардор Рафкатович; 1987-yil 2-fevralda tug'ilgan) — oʻzbek futbolchisi. „Kattaqoʻrgʻon“ klubi darvozaboni.

Futbolchilik faoliyati

Klublardagi faoliyati

Sardor Qobuljonov Bekobodning „Metallurg“ klubi futbol maktabi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 2007-yilda ushbu klubda professional faoliyatini boshlagan. 2009-2010-yillarda Toshkentning „Oqtepa“ jamoasida oʻynagan. 2011-yilda Buxoroga koʻchib oʻtgan. Qobuljonov „Buxoro“ tarkibida 3 mavsum toʻp surgan va shu vaqt ichida 44 ta oʻyinda maydonga tushgan. 2014-yil boshida Sardor Qobuljonov Fargʻonaning „Neftchi“ klubi bilan shartnoma tuzib, birinchi davrada bor-yoʻgʻi 1 ta oʻyinda maydonga tushdi va ikkinchi davrada „Neftchi“ning sobiq asosiy darvozaboni Hislat Chilmatov oʻrniga asosiy darvozabonga aylangan. 2015-yilgi mavsumda Buxoro jamoasi tarkibiga qaytgan. 2016-yilgi mavsumda ogʻir jarohat olgan.

2019-yilgi mavsumda „Surxon“ jamoasi safiga oʻtgan. 2020-yilgi mavsum Buxoro klubi bilan shartnoma imzolagan. 2024-yilgi mavsum oldidan „Gʻijduvon“ klubida tarkibida boshlashga yaqin edi, ammo Gʻijduvon jamoasi moliyaviy muammolar sababli mavsumda birorta musoboqa ishtirok eta olmasligi maʼlum boʻldi. Sardor yangi mavsum oldidan Tojikiston Oliy ligasi jamoasi „Vaxsh Bohtar“ klubi bilan shartnoma imzolagan.

Terma jamoadagi faoliyati

Qobuljonov 2012—2013 yillarda Oʻzbekiston terma jamoasiga chaqirilgan, ammo maydonga tushmagan.

Yutuqlar

  • Oʻzbekiston Pro ligasi Ikkinchi oʻrin: 2022
Yuqori