Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Solomon Abramovich Gersfeld (1881—1918) — Turkistondagi yirik sarmoyador, jurnalist va advokat. Oʻrta Osiyodagi Sionistlar komiteti raisi. Turkiston muxtoriyati

Solomon Gersfeld

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Solomon Gersfeld
Solomon Abramovich Gersfeld
Turkiston muxtoriyati moliya vaziri
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 1881-yil 27-noyabr
Odessa
Vafoti 1918-yil

Solomon Abramovich Gersfeld (1881—1918) — Turkistondagi yirik sarmoyador, jurnalist va advokat. Oʻrta Osiyodagi Sionistlar komiteti raisi. Turkiston muxtoriyati moliya vaziri, huquqshunos.

Tarjimayi holi

Solomon Gersfeld 1881-yil 27-noyabrda Odessada tugʻilgan. U buxoro yahudiylaridandir. Gersfeld 1902-yildan boshlab Shvetsariyadagi Bern universiteti yuridik fakultetining erkin tinglovchisi boʻlgan. Solomon Gersfeld Rossiyaga qaytgach, Odessa yunkerlik bilim yurtiga imtihon topshirgan va Samarqadda joylashgan 6-Turkiston batalyoniga harbiy xizmatni oʻtagan. Uning tashabbusi bilan 1904—1906-yillarda rus tilida „Samarqand“ gazetasi nashr etilgan. U 1907-yilda Odessa shahridagi Novorossiyesk universiteti yuridik fakulteti 2-kurs talabaligiga qabul qilingan. 1908-yilda uning tashabbusi bilan „Odesskoe slovo“ gazetasini chiqarilgan. 1913-yil mayda universitetni tamomlab, Samarqadga borgan.

Faoliyati

Solomon Gersfeld faoliyati davomida Samarqand shahar Dumasida yahudiylar komiteti raisi, 1917-yilda Samarqand shahar Dumasi aʼzosi, 1917-yil noyabrdan Turkiston muxtoriyati moliya vaziri va Milliy majlis aʼzosi kabi lavozimlarda faoliyat olib borgan. U Turkiston muxtoriyatining boshqa aʼzolaridan farq qilib, hukumatning birinchi tarkibida tub xaqlardan boʻlmagan yagona nomzod sifatida moliya vaziri boʻlgan. Keyinchalik u oʻz lavozimini Islom Sulton Shoahmedovga topshiradi. 1918-yil Turkiston muxtoriyati tugatilgach, qizil gvardiyachilar tomonidan qamoqqa olingan. 1918-yil 18-fevralda otib tashlangan. Solomon Gersfeld Oʻrta Osiyo temir yoʻlining Melnikovo stansiyasi (hozirgi Konibodom)da dafn etilgan. Buxorolik yahudiylar talabi bilan uning jasadi 1918-yil Samarqaddagi yahudiylar qabristoniga qayta dafn qilingan. U faoliyati davomida Turkiston muxtoriyati uchun kurashlar olib bordi. Uning tarjimayi holi toʻgʻrisida yetarli maʼlumotlar saqlanib qolmagan.

Yuqori