| Muallif(lar) | Erkin Vohidov |
|---|---|
| Til | oʻzbekcha |
| Janr(lar)i | sheʼrlar va doston |
| Nashriyot | Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyoti |
| Oʻzbek tilida nashr etilgan sanasi | 1980 |
„Sharqiy qirgʻoq“ — oʻzbek shoiri Erkin Vohidov qalamiga mansub sheʼriy toʻplam. Toʻplamga muallif Kanada, Hindiston va Vengriyaga qilgan sayohatlari davomida yozgan sheʼrlar hamda „Ruhlar isyoni“ dostoni kiritilgan. „Sharqiy qirgʻoq“ toʻplami uchun Vohidov 1983-yil Hamza nomidagi Oʻzbekiston SSR Davlat mukofoti bilan taqdirlangan.
Asar ilk bor 1980-yil Toshkent shahrida Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyotida chop etilgan. 1981-yil „Yosh gvardiya“ nashriyotida chop etilgan. 2014-yil „Yangi asr avlodi“ nashriyotida „oʻz holida“ qayta nashr qilingan. Toʻplam sheʼrlari „Tirik sayyoralar“ (1978) toʻplamidagi sheʼrlar bilan bir qatorda „Zamin sayyorasi“ (2014) sheʼriy toʻplamiga kiritilgan.
- Oʻzbek tilidagi kitoblar
- Erkin Vohidov sheʼriy toʻplamlari
- Kitoblarga oid chala maqolalar