Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Markaziy tekisliklar - Shim. Amerikaning oʻrta qismidagi tekisliklar (AQSH va Kanada hududida), sharqsa Appalachi togʻlari, gʻarbda Buyuk tekisliklar, shim. va

Markaziy tekisliklar

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Markaziy tekisliklar - Shim. Amerikaning oʻrta qismidagi tekisliklar (AQSH va Kanada hududida), sharqsa Appalachi togʻlari, gʻarbda Buyuk tekisliklar, shim. va shim.-sharqda Lavrentiy qirlari va jan.da Meksika boʻyi pasttekisligi oraligʻida. Shim. Amerika platformasining jan. qismiga toʻgʻri keladi. Aksari qismining balandligi 150–500 m. Hududining 40° shahrik.dan shimolini toʻrtlamchi davrda muzlik qoplagan, relyefi sertepa, koʻl koʻp. Buyuk koʻllar, Vinnipeg , Manitoba va boshqa koʻllar bor. Iqlimi moʻtadil kontinental, eng jan.da subtropik iqlim. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi shim.da — 20°, jan.da 4°, iyulniki 19—26°. Yozi iliq, seryomgʻir. Yillik yogʻin 400–1200 mm. Markaziy tekisliklar hududining 3/4 qismi qishloq xoʻjaligida foydalaniladi: yaylov, haydaladigan yerlar, bogʻlar, aholi punktlaridan iborat. Shim. qismi va daryo vodiylarida aralash va keng bargli oʻrmonlar uchraydi. Foydali qazilmalardan toshkoʻmir, neft, qoʻrgʻoshin, rux rudasi konlari bor. Markaziy tekisliklar AQSH va Kanadaning muhim qishloq xoʻjaligi (gʻallachilik va chorvachilik) rayonlaridan. Markaziy tekisliklarda Chikago, Detroyt, Klivlend shahri aglomeratsiyalari joylashgan.

Yuqori