Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Raʼno Eshovna Turdiboyeva (1970-yil 8-sentabrda Samarqand viloyati, Kattaqoʻrgʻon shahri) — oʻzbek huqushunosi, davlat arbobi. 2023-yildan Oʻzbekiston Respublik

Raʼno Turdiboyeva

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Vikipediyada ismi Raʼno va familiyasi Turdiboyeva boʻlgan boshqa kishilar haqida ham maqolalar mavjud.
Raʼno Turdiboyeva

Raʼno Eshovna Turdiboyeva (1970-yil 8-sentabrda Samarqand viloyati, Kattaqoʻrgʻon shahri) — oʻzbek huqushunosi, davlat arbobi. 2023-yildan Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining oʻrinbosari. Yuridik fanlari nomzodi, dotsent.

Tarjimai holi

Turdiboyeva Raʼno 1970-yili Samarqand viloyati Kattaqoʻrgʻon shahrida tugʻilgan. Millati oʻzbek, maʼlumoti oliy. 1994-yil Nizomiy nomli Toshkent davlat pedagogika universitetini tamomlagan. Ixtisosligi — tarix, inson va jamiyat, davlat va huquq.

Mehnat faoliyatini 1988-yilda Kattaqoʻrgʻon shahridagi 15-umumiy oʻrta taʼlim maktabi katta yetakchisi lavozimidan boshlagan. 1996—2007-yillarda Toshkent davlat agrar universiteti falsafa va huquq kafedrasi assistenti, katta oʻqituvchisi, xuqushunoslik kafedrasi dotsenti, 2020—2022-yillarda Toshkent davlat agrar universiteti prorektori lavozimlarida ishlagan. 2022—2023-yillarda Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi raisining oʻrinbosari. 2023-yildan Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining oʻrinbosari lavozimida faoliyat yuritmoqda.

Qayd etish lozim. Raʼno Turdiboyeva 2021-yilda Liberal-demokratik partiyasidan (OʻzLiDeP) prezidentlikka nomzod qilib koʻrsatilgan Shavkat Mirziyoyevning ishonchli vakili boʻlgan.

Yuqori