Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Gulchehra Ibrohimbekova — oʻzbek teatr va kino aktrisasi. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist. Xamza nomidagi Oʻzbek milliy akademik drama teatri aktrisasi.

Gulchehra Ibragimbekova

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Gulchehra Ibrohimbekova
Tavalludi 1951-yil 24-dekabrda
Samarqand shahrida
Fuqaroligi Oʻzbekiston
Kasbi aktrisa
Filmlari Suv yoqalab, Afsus, Begona bahor, Baxt ovchisi, Dev bilan pakana, Tutash taqdirlar, Shabbona
Turmush oʻrtogʻi Turgʻunbek Ibrohimbekov
Bolalari bir oʻgʻil, ikki qizi bor
Mukofotlari Mehnat shuhrati ordeni, xizmat koʻrsatgan artist

Gulchehra Ibrohimbekova — oʻzbek teatr va kino aktrisasi. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist. Xamza nomidagi Oʻzbek milliy akademik drama teatri aktrisasi. .

Taʼlimi

Oʻrta maktabni tugatgach, 1969-1973-yillarda Ostrovskiy nomidagi Toshkent davlat teatr va rassomlik sanʼati institutining aktyorlik fakultetida tahsil oldi.

Oʻqishdan soʻng 1974- yildan boshlab hozirgi Oʻzbek Milliy akademik drama teatrida mehnat faoliyatini boshladi.

Oilasi

Gulchehra Ibragimbekova 20 yoshida sinfdoshi Turgʻunbek Ibrohimbekovga turmushga chiqdi. Oʻzaro turmushda bir oʻgʻil va ikki qiz dunyoga keldi. Aktrisaning turmush oʻrtogʻi Madaniyat kollejida oʻqituvchi boʻlib ishlagan, Gulchehra Ibragimbekova ham shu kollejda dars bergan.

Ijod pallasi

Gulchehra Ibragimbekova teatr sahnasida 100dan ortiq spektakllarda yetuk obrazlar yaratgan. U "Qaroqchilar”da Amaliya, "Qalbi olov”da Belkina, "Lukash Botir”da Margarita, "Soqov Ritsar”da Janetta, "Oltin devor”da Zuhra, "Parvona”da Nazokat, "Istehkom”da Saltanat, "Yoʻlchi yulduz”da Gulsanam, "Kurort” Shahlo, "Tergov davom etadi”da Farogʻat, "Qor malikasi”da Qaroqchi qizcha, "Sehrli apelsin”da Klariche, "Yoriltosh”da Malika, "Sabbai Sayyor”da Orzigul, "Kuloyim”da Oʻgay ona, "Najot istab”da Qaynona, "Kelinlar qoʻzgʻoloni”da Nigora, Muhayyo, "Kuyov”da Nazmi, "Mehrobdan chayon”da Gulshan, "Mirzo Ulugʻbek”da Nigorxonim, "Qatagʻon” Hanifa, "Chimildiq”da Ona, "Alla”da Oltinsoch, "Hayot eshik ortida”da Tabassum, "Shayton va Farishta”da Nafisa, "Toʻmaris”da Ona, "Uch kunlik dunyo”da Rizvon, "Hasrat bogʻi”da Ona, "Bir qadam yoʻl”da Salomat, "Neksiya”da Nafisa, "Talvasa”da amma, "Oʻtkan kunlar”da Oʻzbekoyim kabi rollarni maromiga yetkazib ijro etdi. "Kelinlar qoʻzgʻoloni” spektaklidagi Nigora roli uchun "Eng yaxshi ayol roli” mukofoti bilan taqdirlandi. spektaklidagi Nazokat obrazi uni mashhur aktrisaga aylantirib, koʻplab muxlislar orttirishiga sabab boʻlgan.

Bundan tashqari aktrisa rejissyor Ibrohim Rasulovning 2004-yilda suratga olingan „Begona bahor“ filmidagi zolim qaynona roli bilan muxlislari yodida qolgan.

Hozirgi kunda Oʻzbek Milliy akademik drama teatrida faoliyat koʻrsatadi.

Mashhur rollari

# Film va spektakllar nomi Roli
1 Parvona spektakli Nazokat
2 Begona bahor Zolim qaynona
3 Tutash taqdirlar (rej. Zamira Begimqulova) Sovchi
4 Afsus Anorani onasi
5 Suv yoqalab Epizod
6 Shabbona Baxromning onasi (Malika)
7 Alvido Rustamning onasi
8 Baxt ovchisi Umidning onasi
9 Oʻtgan kunlar spektakli Oʻzbekoyim
10 Dev bilan pakana Epizod

Ommada kam chiqish sababi

Aktrisaning hayotida quvonchli va qaygʻuli kunlar koʻp boʻlgan. Bir necha yil ichida u onasi, yolgʻiz akasi, singlisi va jiyanidan ayrildi. Bu yoʻqotishlar uning uchun katta zarba boʻldi. Shuning uchun u uzoq vaqt davomida televizorda koʻrinmaydi.

2021-yilda aktrisa 70 yosh yubileyini nishonladi.

Gulchehra Ibragimbekova „Mehnat shuhrati“ ordeni sohibasi.

Yuqori