Usuli hijoiya (arab. boʻgʻin usuli), boʻgʻin usuli — xat savod oʻrgatish usullaridan. Bu usul soʻzlarning tovush tarkibiga emas, balki boʻgʻin (hijo)lar hosil qilib, ularni yod olishga asoslangan. Usuli hijoiyada soʻzdagi undosh tovushlarga tegishli unli tovushlar qoʻshilib, hijo hosil qilingan, soʻng hijolar qoʻshib oʻqilgan.
Usuli hijoiya taʼlimda qadimdan qoʻllanib kelgan. Mil.av. asrlardayoq Yunoniston va Rim davlatlarida savod oʻrgatish shu usul asosida olib borilgan. Oʻrta Osiyo, umuman Sharqdagi maktabxonalarda ham Usuli hijoiya uzoq davr hukmronlik qilgan.
Maktabxonalarda Usuli hijoiyada savod oʻrgatish (harflar nomini yodlash, boʻgʻinlar hosil qilish, boʻgʻinlarni qoʻshish) 3 bosqichga boʻlingan: 1-bosqichda arab harflarining yozilish shakli boʻlib, bandlarga ajratilib yozib borilgan. Oʻquvchi har bir banddagi harflarni yodlab olgandan soʻng („alif“, „be“, „te“, „se“ tarzida) 2-bosqichga oʻtilgan. Bu bosqichda har bir harfning nomi aytilib, unga „zeru zabar“ qoʻshib boʻgʻin hosil qilingan (mas, „be“ + „zabar“ + „ba“). 3bosqich abjad uqish bilan boshlangan. Unda bolalar qoʻlidagi taxtachaga „abjad“, „havvaz“, „xutti“, „kalaman“, „saʼufas“, „qarashat“, „saxxaz“, „zagʻaz“ soʻzlari yozib borilgan. Bu soʻzlarning tarkibida arab alifbosidagi barcha 28 ta harf, chunonchi „abjad“ soʻzida „be“, „jim“, „dol“ harflari qatnashgan.
Boʻgʻin usulida savod oʻrgatish qiyin boʻlganligi sababli XIX asrdan uni birmuncha isloh etishga harakat qilindi. Xususan, yangi usuldagi oʻzbek maktablarida usuli maddiya (arab. — choʻzish usuli)da savod oʻrgatish rayem boʻldi. Bu usulda harflarning nomiga unli tovushlar qoʻshilib, choʻzib boʻgʻin hosil qilingan. A. Avloniynish „Birinchi muallim“, A. Ibodiyevttg „Tahsilulalifbo“, M. Faxriddinotshnt „Rahbari avval“ darsliklari usuli maddiya asosida tuzilgan. Usuli hijoiyaga nisbatan usuli maddiyaning birmuncha ijobiy tomoni boʻlgan: bola boʻgʻinning qanday hosil boʻlishini bir oz boʻlsada, anglagan, shu boʻgʻinlar qatnashgan soʻzlarni oʻqigan. XIX asr oxirlaridan yangi usuldagi maktablarda tovush usuli (qarang Usuli savshiya) paydo boʻlib, Usuli hijoiya va usuli maddiyadan afzalligini koʻrsatdi va keyinchalik savod oʻrgatishda asosiy usul boʻlib qoldi.
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |