| Rumen Radev | |
|---|---|
bulg‘orcha: Румен Георгиев Радев | |
| 2026-yilda | |
| Mansab davri 2017-yil 22-yanvardan | |
| Hukumat boshligʻi | Iliana Iotova Boyko Borisov Ognian Gerjikov Boyko Borisov Stefan Yanev Kiril Petkov Galab Donev Nikolay Denkov |
| Oʻtmishdoshi | Rosen Plevneliev |
| Mansab davri 2014-yildan – 2016-yilgacha | |
| Oʻtmishdoshi | Simeon Simeonov |
| Vorisi | Tsanko Stoikov |
| Shaxsiy maʼlumotlari | |
| Tavalludi | 1963-yil 18-iyun Dimitrovgrad |
| Mukofotlari | |
| Unvoni | General-mayor |
Rumen Georgiev Radev (bulg‘orcha: Румен Георгиев Радев; 18-iyun 1963-yil) – Bolgariya harbiy va siyosiy arbobi, 2017-yil 22-yanvardan mamlakatning 5-prezidenti.
Biografiyasi
1963-yil 18-iyunda Dimitrovgradda tugʻilgan.
1987-yilda harbiy havo kuchlari universitetini tugatgan.
1992-yilda AQShdagi „Maxwell“ harbiy maktabini tugatgan.
1994—1996-yillarda Rakovskiy nomli mudofaa kollejini tugatgan.
Harbiy fanlar doktori. Ingliz, nemis, rus tillarini biladi. 1-darajali uchuvchi.
1987—1998 – Ravnetsdagi 15-qiruvchi samolyotlar aviatsiya polkida kichik pilotdan eskadrilya komandirgacha xizmatda.
1998—1999 – Ravnetsdagi 5-aviabaza komandiri oʻrinbosari.
1999—2000 – Graf Igantievodagi 3-aviabaza shtabi komandiri.
2000-yilda – NATO harbiy kurslari tinglovchisi.
2000—2005 – Graf Igantievodagi 3-aviabaza shtabi boshligʻi.
2005—2009 – Graf Igantievodagi harbiy aviabazalar shtabi komandiri.
2009—2014 – Bolgariya harbiy havo kuchlari qoʻmondoni oʻrinbosari.
2014—2016 – Bolgariya harbiy havo kuchlari qoʻmondoni.
Bolgariya sotsialistik partiyasi aʼzosi. 2016-yilgi prezidentlik saylovlarida mamlakat prezidentligiga saylandi.
2017-yil 22-yanvarda qasamyodga keltirildi.
2021-yilgi prezident saylovida Radev ikkinchi muddatga saylandi.
- 18-iyunda tugʻilganlar
- 1963-yilda tugʻilganlar
- Dimitrovgradda tugʻilganlar
- 1-darajali Qutqaruvchi ordeni sohiblari
- Bolgariya Prezidentlari
- Yashayotgan insonlar


