Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Benjamin Rush (talaffuzi: Benjamin Rash) (1746-yil 4-yanvar — 1813-yil 19-aprel) — Amerika Qoʻshma Shtatlarining asoschilaridan biri, Amerika inqilobida faol is

Benjamin Rush

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Benjamin Rush

Charles Willson Peale tomonidan chizilgan Benjamin Rush portreti (1818-yil)
Tavalludi 1746-yil 4-yanvar (1746-01-04) (280 yosh)
Byberry (Filodelfiya), Pensilvaniya
Vafoti 19-aprel 1813-yil(1813-04-19)
(67 yoshda)
Fuqaroligi AQSh va Kingdom of Great Britain
Bolalari 13 ta, Richard and James
Imzosi

Benjamin Rush (talaffuzi: Benjamin Rash) (1746-yil 4-yanvar — 1813-yil 19-aprel) — Amerika Qoʻshma Shtatlarining asoschilaridan biri, Amerika inqilobida faol ishtirok etgan. Shu bilan birga AQSh mustaqillik deklaratsiyasiga imzo chekkan siyosatchilardan biri. Bundan tashqari shifokor, siyosatchi, ijtimoiy islohatchi, gumanist, oʻqituvchi va Dickinson kollejining asoschilaridan biri. Rush Pensilvaniya Kontinental kongress delegati ham boʻlgan. Keyinchalik Amerika inqilobini qoʻllab-quvvatlovchi hatti-harakatlarni yoqlab chiqadi. U Amerika inqilobi paytida kontinental armiyada bosh jarroh boʻlib xizmat qilgan. Shuningdek, Pensilvaniya universitetida kimyo, tibbiyot nazariyasi va klinik amaliyot boʻyicha professor boʻlgan. Rush Amerika maʼrifatparvari va Amerika inqilobining yetakchilaridan biri.

Yuqori