| Shaxsiy maʼlumot | |||
|---|---|---|---|
| Toʻliq ismi | Abdy Azimowiç Bäşimow | ||
| Tavallud sanasi | 1995-yil 12-dekabr | ||
| Tavallud joyi | Ashxobod, Turkmaniston | ||
| Ampluasi | Hujumchi | ||
| Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Ahal | ||
| Professional faoliyati* | |||
| Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
| 2018–2019 | Ahal | ? | (?) |
| 2020 | Qizilqum | 7 | (0) |
| 2021– | Ahal | 0 | (0) |
| Milliy terma jamoa‡ | |||
| 2014– | Turkmaniston | 4 | (1) |
| *Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (24-aprel 2021-yil uchun) ‡ Milliy terma jamoadagi gollari (2019-yil 19-noyabr uchun) | |||
Abdy Azimovich Bäşimow (turkmancha: Abdy Azimowiç Bäşimow; 1995-yil 12-dekabrda tugʻilgan) — turkmanistonlik futbolchi, hozirda "Ahal" klubida oʻynaydi. Bäşimow 2019-yildan Turkmaniston terma jamoasi tarkibida toʻp surmoqda.
Faoliyati
Abdy Bäşimow 1995-yil 12-dekabrda Turkmanistonning Ashxobod shahrida tugʻilgan. Dastlab futzal bilan shugʻullangan. U 2017-yili Ashxobodda oʻtkazilgan yakkakurash va yopiq inshootlardagi Osiyo oʻyinlarida Turkmanistonning mini-futbol terma jamoasi safida toʻp surgan. Turkmanlar chorak finalda Afgʻonistonga 5:5 hisobida durang oʻynadi, penaltilar seriyasida 5:6 natija qayd etildi. Ushbu bahsda Bäşimow turnirdagi yagona golga mualliflik qilgan. 2018—2019-yillarda Turkmanistonning Anau viloyati „Ahal“ jamoasida oʻynagan. OFK kubogida qatnashgan, 4 ta oʻyinni toʻliq oʻtkazgan, 2 tadan gol urgan — ikkalasi ham 2019-yilning fevral oyida Qirgʻiziston „Alay“iga qarshi bahsda yuz bergan. Oʻyinda 2:1 hisobi qayd etilgan.
2020-yilning fevral oyida u Oʻzbekistonda Zarafshonning "Qizilqum" klubi bilan shartnoma imzolagan. 2020-yil 1-mart kuni Bäşimow Oʻzbekiston Superligasida "Nasaf" ga qarshi oʻyinda (1:3) debyut qildi. Bäşimowning shartnomasi 2021-yilning dekabr oyi oxirigacha moʻljallangan edi. Lekin 2020-yilning avgustida klubni tark etdi.
2021-yilning 30-martida Basimov "Ahal" klubi bilan shartnoma imzolab, jamoa tarkibiga oʻtganini eʼlon qildi.
Xalqaro faoliyati
Futzal boʻyicha 2017-yilgi Yopiq inshootlardagi Osiyo oʻyinlarida Turkmaniston futzal terma jamoasi safida toʻp surgan.
Bäşimow terma jamoadagi debyutini 2019-yilning 10-oktyabr kuni, 2022-yilgi Jahon chempionati saralash bosqichi doirasida Livanga qarshi oʻyinda oʻtkazgan. U terma jamoadagi ilk golini 19-noyabr kuni, shuningdek, Shri-Lankaga qarshi saralash bahsida (2:0) kiritdi. Turkmaniston terma jamoasi safida toʻp surayotgan futbolchi hisobida jami 4 ta oʻyin va 1 ta gol bor.
Xalqaro gollar
| Raqam | Sana | Joy | Raqib | Xol | Natija | Musobaqa |
|---|---|---|---|---|---|---|
| 1. | 2019-yil 19-noyabr | Köpetdag stadioni, Ashxobod, Turkmaniston | 1 — 0 | 2-0 | 2022-yilgi FIFA Jahon chempionati saralashi |
- 12-dekabrda tugʻilganlar
- 1995-yilda tugʻilganlar
- Yashayotgan insonlar
- Ashxobodlik futbolchilar
- Turkmanistonlik erkak futbolchilar
- Erkak futbol himoyachilari
- Oʻzbekistondagi muhojir erkak futbolchilar
- Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari
- Qizilqum klubi futbolchilari
- Turkmaniston milliy terma jamoasi futbolchilari
- Futzalchilar
- Turkmanistonlik muhojir erkak futbolchilar
- FC Ahal futbolchilari
- Arkadagʻ F.C. futbolchilari
- Alifbo boʻyicha sportchilar