![]() | |
| Muallif(lar) | J. K. Rowling |
|---|---|
| Mamlakat | |
| Til | inglizcha |
| Qismlar | Harry Potter |
| Janr(lar)i | fentezi |
| Nashr etilgan sanasi | 26-iyun 1997 – 21-iyul 2007-yil |
| Nashriyot | Bloomsbury Publishing (Birlashgan Qirollik) |
Harry Potter (talaffuzi: Harri Potter) ingliz yozuvchisi J. K. Rowling qalamiga mansub yettita fentezi janridagi romanlar toʻplamidir. Bir yosh sehrgar bola haqidagi bu kitobda, Harryning qora sehr dunyosi vakili Lord Voldemortga qarshi kurashi tasvirlanadi.
Harry Potter romanlari turkumining birinchisi boʻlmish Harry Potter va hikmatlar toshi 1997-yil 26-iyunda chiqarildi. Roman umumjahon boʻylab mashhurlikka erishdi, tanqidchilar tomonidan ijobiy baholandi hamda tijorat jihatdan muvaffaqiyat qozondi. 2018-yilning fevraliga koʻra, Harry Potter romanlari toʻplami butun dunyo boʻylab 500 milliondan oshiq nusxada sotilgan boʻlib, buning ortidan hamma vaqtlarning eng koʻp sotilgan kitoblar toʻplami boʻldi. Shuningdek, shu kungacha ushbu romanlar toʻplami saksonta tilga tarjima qilingan. Toʻplamning oxirgi toʻrttasi ketma-ket tarzda eng tez sotilgan kitob oʻlaroq rekord oʻrnatdi. Toʻplamning oxirgisi boʻlmish Harry Potter va ajal tuhfalari romani Buyuk Britaniyada 2.7 million nusxada, AQShda esa 8.3 million nusxada sotilgan.
Toʻplam Buyuk Britaniyada Bloomsbury nashriyotida, AQShda Scholastic Press nashriyotida ingliz tilida chop etilgan.
Ushbu romanlar turkumi asosida sakkizta film suratga olindi. Ularning barchasi Warner Bros. Pictures tarafidan tarqatilgan boʻlib, umumjahon boʻylab taxminan $25 milliard daromad qilgan va buning ortidan tarixda uchinchi eng kassabop film qismlari boʻldi.
Shuningdek, Rowling tarafidan yozilgan ssenariyga asoslangan Harry Potter and the Cursed Child („Harry Potter va lanʼatlangan bola“) nomli pyesa premyerasi 2016-yil 30-iyulda London shahridagi Palace teatrida boʻlib oʻtdi.


Dastlabki yillar
Filmlar Harry Potter ismli bolaning hayotini aks ettiradi. Birinchi kitob, Harri Potter va hikmatlar toshida, Harry Durslilar uyidagi zinapoya ostidagi shkafda, uning xolasi, amakisi va amakivachchasi Dadli bilan yashaydi. Durslilar oʻzlarini mutlaqo normal deb hisoblashadi, ammo 11 yoshida Harry uning sehrgar ekanligini aniqlaydi. U Hagrid ismli yarim gigant bilan uchrashadi, u uni Hogvarts jodugarlik va sehrgarlik maktabiga borishga taklif qiladi. Harry goʻdakligida uning ota-onasi qora sehrgar Lord Voldemort tomonidan oʻldirilganligini biladi. Voldemort Harryni oʻldirmoqchi boʻlganida, uning tavqi laʼnati qayta tiklandi va Harry peshonasida chaqmoq shaklidagi chandiq bilan omon qoladi.Poyezda u Germiona va Ron ismli bolalar bilan tanishadi va keyinchalik uchalasi juda yaqin do'st bo'lishadi.
Kitoblar
- Harry Potter va hikmatlar toshi (1997)
- Harry Potter va maxfiy hujra (1998)
- Harry Potter va Azkaban mahbusi (1999)
- Harry Potter va Alanga kubogi (2000)
- Harry Potter va Feniks jamiyati (2003)
- Harry Potter va tilsim shahzodasi (2005)
- Harry Potter va ajal tuhfalari (2007)
Adaptatsiyalar
Filmlar
| Film | Reliz sanasi | Rejissor(lar) | Ssenariynavis(lar) | Produser(lar) |
|---|---|---|---|---|
| Harry Potter va hikmatlar toshi | 2001-yil 10-noyabr | Chris Columbus | Steve Kloves | David Heyman |
| Harry Potter va maxfiy hujra | 2002-yil 15-noyabr | |||
| Harry Potter va Azkaban mahbusi | 2004-yil 31-may | Alfonso Cuarón | David Heyman, Chris Columbus va Mark Radcliffe | |
| Harry Potter va Alanga kubogi | 2005-yil 18-noyabr | Mike Newell | David Heyman | |
| Harry Potter va Feniks jamiyati | 2007-yil 11-iyul | David Yates | Michael Goldenberg | David Heyman va David Barron |
| Harry Potter va tilsim shahzodasi | 2009-yil 15-iyul | Steve Kloves | ||
| Harry Potter va ajal tuhfalari: 1-qism | 2010-yil 19-noyabr | David Heyman, David Barron va J. K. Rowling | ||
| Harry Potter va ajal tuhfalari: 2-qism | 2011-yil 15-iyul | |||
Spin-off filmlar
Fantastik maxluqlar filmlari
| Film | Reliz sanasi | Rejissor(lar) | Ssenariynavis(lar) | Produser(lar) | Status |
|---|---|---|---|---|---|
| Fantastik maxluqlar | 2016-yil 18-noyabr | David Yates | J. K. Rowling | David Heyman, J. K. Rowling, Steve Kloves va Lionel Wigram | Chiqarilgan |
| Fantastik maxluqlar: Grindelwaldning jinoyati | 2018-yil 16-noyabr | ||||
| Fantastic Beasts: The Secrets of Dumbledore | 2022-yil 8-aprel | Steve Kloves va J. K. Rowling | David Heyman, J. K. Rowling, Steve Kloves, Lionel Wigram va Tim Lewis | Tugallangan | |
| Nomsiz 4- va 5-Fantastik maxluqlar filmlari | Nomaʼlum | Suratga olinish ishlarida |
Adabiyotlar
- Agarwal, Nikita; Chitra Agarwal. Friends and Foes of Harry Potter: Names Decoded. Outskirts Press, 2005. ISBN 978-1-59800-221-8.
- Burkart, Gina. A parent's guide to Harry Potter. InterVarsity Press, 2005. ISBN 978-0-8308-3288-0. „Harry Potter.“
- Duriez, Colin. Field Guide to Harry Potter. IVP Books, 2007. ISBN 978-0-8308-3430-3.
- Gunelius, Susan. Harry Potter: the story of a global business phenomenon. Palgrave Macmillan, 2008. ISBN 978-0-230-20323-5.
- Mulholland, Neil. The psychology of Harry Potter: an unauthorized examination of the boy who lived. BenBella Books, 2007. ISBN 978-1-932100-88-4.
- Silvester, William. Harry Potter Collector's Handbook. Krause, 2010. ISBN 978-1-4402-0897-3. [sayt ishlamaydi]
- Harry Potter
- Fentezi janridagi romanlar turkumlari
