Idris (arabcha: إدريس) – Qurʼonda nomi zikr etilgan paygʻambarlardan biri. Rivoyat qilishlaricha, Idris yer yuzida 365 yil yashagan. Bu olijanob, taqvodor insonni Alloh „yuksak martabaga koʻtargan“:
56. Va kitobda Idrisni esla. Albatta, u siddiq va Nabiy boʻlgan edi.
57. Va uni oliy maqomga koʻtardik. (Uning qadrini yuksak, zikrini oliy qildik. Dunyoda shunday oliymaqom zotlar oʻtgan)— Maryam surasi, 56—57-oyatlar
Islomshunoslar Idrisni Bibliyadagi Enoh, baʼzan Ezdra kabi shaxslar bilann taqqoslaydilar. U ajal farishtasini aldab, jannatga kirgan va Allohga sadoqati uchun qiyomat kunigacha oʻsha joyda yoki yetti osmonning birida krldirilgan. Idris islom rivoyatlaridagi Ilyos va Xizr hazratlari singari „abadiy barhayot“ hisoblanadi. U xat va yozuvni, kiyim tikib, kiyinib yurishni boshlab bergan, yulduzlarga qarab taqdirni aytib berishni, vaqt hisobini bilgan paygʻambardir. Tikuvchilar piri hisoblanadi.
- Islom shaxsiyatlari haqidagi chala maqolalar
- Islom paygʻambarlari