|
| |
| Mamlakat | Buxoro amirligi |
|---|---|
| Maʼmuriy markazi | Shahrisabz |
| Asos solingan sanasi | 1870 |
| Bekor qilingan sanasi | 1920 |
| Biy (Bek) | Baba-biy |
| Xaritada | |
| 39°9′0″N 66°50′0″E / 39.15000°N 66.83333°E | |
Shahrisabz bekligi — Buxoro amirligi tarkibidagi hozirgi Oʻzbekiston hududida joylashgan maʼmuriy birlik. Uning maʼmuriy markazi Shahrisabz shahri boʻlgan.
Geografiya
Beklarning mulklari Qashqadaryoning Kitob-Shahrisabz quyilish vohasini, yaʼni Shahrisabz vohasini Zarafshon vodiysidan ajratib turgan Qoratogʻ tizmasigacha boʻlgan hududlarni oʻz ichiga olardi. 1820-yillarda, Miyonqol qoʻzgʻolonlaridan keyin Buxoro zaiflashib qolganidan soʻng, Duob, Kitob, Yakkabogʻ, Oʻtaqoʻrgʻon, Jovuz, Pitaxona kabi qal’a va qishloqlar Shahrisabz begiga boʻysungan.
Tarix
Chigʻatoylar hukmronligi davrida Shahrisabz vohasi barloslar qabilasining mustaqil bekligiga aylangan, Amir Temurning urugʻi ham shu qabilaga mansub edi.
Ruslar kelishidan oldingi bir asr davomida Buxoro qoʻshinlari Shahrisabzni faqat ikki marta — 1751 va 1858-yillarda boʻysundirgan. Birinchi marta Muhammad Rahimxon davrida uchta harbiy yurish natijasida, lekin oradan bir necha yil oʻtgach, kenagaslar shaharni qaytarib olganlar. Ikkinchi marta esa Nasrullo davrida 1858-yili uzoq davom etgan urushdan soʻng boʻysundirilgan, biroq 1860-yili aholi noibni agʻdarib, yana kenagas hukmdorlarini hokimiyatga qaytargan.
Buxoro Rossiya imperiyasining protektoratiga aylantirilgach, amaldagi vaziyat hujjatlardagi bilan muvofiq keldgan va 1870-yili rus qoʻshinlari Shahrisabzni egallaganidan soʻng, shahar uzil-kesil boʻysundirilib, Buxoro amirligi tarkibiga qoʻshib olingan. Soʻnggi hukmdor Bobobek rus xizmatiga oʻtib, 1898-yili Toshkentda polkovnik unvonida vafot etgan.
- Alifbo boʻyicha maʼmuriy birliklar
- Buxoro xonligi bekliklari
- Buxoro amirligi bekliklari
- Shahrisabz