Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

„Thor: Ragnarok“ (ayrim oʻzbekcha manbalarda „Thor: Ragnaryok“ oʻlaroq maʼlum) — 2017-yilda chiqarilgan superqahramonlik filmi. „Marvel kinematografiya koinoti“

Thor: Ragnarok

Ushbu maqola yaxshi maqolalar sarasiga kiradi.
Vikipediya, erkin ensiklopediya

Thor: Ragnarok

Film posteri
Rejissyor(lar) Taika Waititi
Prodyuser(lar) Kevin Feige
Ssenariy
muallif(lar)i
  • Eric Pearson
  • Craig Kyle
  • Christopher L. Yost
Qaysi asarga
asoslangan
Thor (Marvel Comics)
Rollarda
  • Chris Hemsworth
  • Tom Hiddleston
  • Cate Blanchett
  • Idris Elba
  • Jeff Goldblum
  • Tessa Thompson
  • Karl Urban
  • Mark Ruffalo
  • Anthony Hopkins
Bastakor(lar) Mark Mothersbaugh
Operator(lar) Javier Aguirresarobe
Montajyor(lar)
  • Joel Negron
  • Zene Baker
Studiya Marvel Studios
Distribyutor Walt Disney Studios
Motion Pictures
Premyera
sanasi
  • 2017-yil 10-oktyabr (2017-10-10) (Los-Anjeles)
  • 2017-yil 3-noyabr (2017-11-03) (AQSh)
Davomiylik 130 daqiqa
Mamlakat Amerika Qoʻshma Shtatlari AQSh
Til inglizcha
Byudjet $180 million
Daromad $865 million

Thor: Ragnarok“ (ayrim oʻzbekcha manbalarda „Thor: Ragnaryok“ oʻlaroq maʼlum) — 2017-yilda chiqarilgan superqahramonlik filmi. „Marvel kinematografiya koinoti“ (MKK) mediafranshizasidagi oʻn yettinchi kinokartina. „Thor“„“ (2011), „Thor: The Dark World“ (2013) filmlarining davomi. Marvel komikslaridagi Thor personajiga asoslangan. Marvel Studios kinostudiyasi tomonidan ishlangan, Walt Disney Studios Motion Pictures kinokompaniyasi tomonidan esa tarqatilgan. Filmga Taika Waititi rejissyorlik qilgan. Ssenariyni Eric Pearson, Craig Kyle, Christopher Yost hamkorlikda yozgan. Bosh rollarni Chris Hemsworth, Tom Hiddleston, Cate Blanchett, Idris Elba, Jeff Goldblum, Tessa Thompson, Karl Urban, Mark Ruffalo, Anthony Hopkins ijro etgan.

„Thor“ haqidagi uchinchi filmni suratga olish boʻyicha rejalar ommaga 2014-yilning yanvarida Kyle va Yost kinokartina ssenariysini yozishni boshlaganida maʼlum boʻlgan. Hemsworth va Hiddlestonning kinofilmda ishtiroki oʻsha yilning oktyabrida eʼlon qilingan. Oradan bir oy oʻtib esa film nomi maʼlum qilingan. „Thor: The Dark World“ kartinasiga rejissyorlik qilgan Alan Taylor „Thor: Ragnarok“ga rejissyorlik qilishdan bosh tortgach, uning oʻrnini Waititi egallagan. MKK filmlarida Bruce Banner / Hulk rolini ijro etgan Ruffalo aktyorlar tarkibiga qoʻshilgan, bu esa film ijodkorlariga „Planet Hulk [en]“ syujet chizigʻi unsurlarini ekranlashtirish imkoniyatini bergan. Qolgan aktyorlarning filmda ishtiroki 2016-yilning mayida eʼlon qilingan. Oʻsha yilning iyulida Pearsonning ssenariychi sifatida ishtirok etishi maʼlum boʻlgan. Suratga olish ishlari 2016-yilning iyulida Avstraliyaning Brisben va Sidney shaharlarida boshlanib, oʻsha yilning oktyabrida yakunlangan.

„Thor: Ragnarok“ premyerasi 2017-yilning 10-oktyabrida Los-Anjeles shahridagi El-Kapitan teatrida boʻlib oʻtgan. Oʻsha yilning 3-noyabridan esa AQSh kinoteatrlarida koʻrsatila boshlagan. Kartina aktyorlar ijrosi, rejissyorlik ishi, ekshn-sahnalar, yumor uchun tanqidchilar eʼtirofiga sazovor boʻlgan. Umumjahon boʻylab kinoprokatlarda $855 million mablagʻ toʻplab, 2017-yilning toʻqqizinchi eng kassabop filmiga aylangan. Filmning davomi — „Thor: Love and Thunder“ 2022-yilning iyulida ekranlarga chiqarilgan.

Syujeti

Sokovia urushidan ikki yil oʻtib,Thor olov iblisi – Surtur tomonidan Muspelheimda asir olindi. Surtur Thorga otasi Odin hozir Asgardda emasligini va Surturning tojini Asgardda sqlanayotgan „Abadiy olov“ bilan birlashtirgandan soʻng, bashorat qilingan Ragnarök sodir boʻlib, Asgard yoʻq boʻlib ketishi toʻgʻrisida soʻzlab beradi. Thor oʻzini halos etib, Surturni magʻlub etadi. Soʻngra, Surturdan tojni olib, Ragnarökni oldini olganiga ishonch hosil qiladi.

Thor Asgardga qaytib, Heimdall qidiruvda ekanligini va otasi Odinning qiyofasida taxtni ukasi – Loki egallaganini bilib oladi. Thorning tazyiqidan soʻng, Loki otasi Odinni topishiga koʻmaklashadi. Ikkovlon Yer sayyorasiga borib, Stephen Strangening ularga bergan koʻrsatmalariga binoan Norvegiyada Odinni topishadi. Odin ikki oʻgʻliga oʻlish vaqti kelganligini aytib, Ragnarök Thorning uni oldini olishga qilgan saʼy-harakatlariga qaramasdan sodir boʻlishi taʼkidlaydi. Keyinchalik, u Thor va Lokiga ular bilmaydigan toʻngʻich farzandi – Hela uzoq vaqtlardan beri tutqunlikda boʻlgan qamoqdan chiqib ketganligi haqida soʻzlab beradi. Hela toʻqqiz olamnining fath etilishida Odinga koʻmak bergan, lekin Odin uni juda shijoatli va qudratli deb qoʻrqqani tufayli qamoqqa taslaydi. Odin oʻladi va Hela paydo boʻladi. Keyin Hela Thorning Mjolnirini sindirib tashlaydi va Bifröst koʻprigidan qochishga uringan Thor va Lokini fazoga chiqarib tashlaydi. Hela Asgardga kelib, oʻz armiyasini magʻlubiyatga uchratadi va Uch Janchilarni oʻldirdi. Keyinchalik u bilan jang qilgan qadimgi oʻliklarni, jumladan, uning yirik boʻrisi Fenrisni tiriltiradi va Asgardlik Skurgeni jallod sifatida tayinlaydi. Hela Asgard imperiyasini kengaytirish uchun Bifröstdan foydalanishni rejalashtirmoqda, lekin Heimdall koʻprikni boshqaradigan qilichni olib qochib ketadi va boshqa Asgardliklarni yashirishni boshlaydi.

Thor Sakaar sayyorasidagi axlatlar toʻplangan joyga borib qoladi. Keyinchalik, Thorni Sakaardagi qul savdogar Scrapper 142, boʻyniga qurilma qoʻyib, uni faollashtirish orqali boʻysundiradi va uni Sakaarning hukmdori Grandmasterga sotadi. U yerni Loki allaqachon oʻzlashtirib olgan boʻladi. Thor 142’ni uzoq vaqtdan beri Hela jangida qatnashgan afsonaviy ayol jangchi kuchlari boʻlgan Valkyrielardan biri sifatida tan oladi va u Yerdagi birodari Hulkga qarshi Grandmasterning Chempionlar musobaqasida raqobatlashishga majbur boʻladi. Jangda dastlab Hulk Thorni magʻlub qiladi. Keyinchalik Thorning jahli chiqadi va chaqmoq orqali Hulkni yengadi. Ammo, Grandmaster Hulkning gʻalabasi uchun Thorning boʻynidagi qurilmani faollashtiradi. Behush boʻlgan Thor Hulkning saroyida uygʻonadi. Ayrim sabablarga koʻra maʼlum muddat u yerdan chiqa olmaydi. Tez orada u saroydan qochishga va Hulkni Sakaarga olib kelgan Quinjetni topishga muvaffaq boʻladi. Hulk Thorni Quinjetga kuzatib qoʻyadi, u yerda Natasha Romanoffning qaydnomasi uni Sokovia urushidan beri ilk marotaba Bruce Bannerga aylantiradi.

Grandmaster Loki bilan 142’ga Thor va Hulkni topishni buyruq beradi, lekin bu juftlik urushib qoladi. Loki esa unga Valkyrieʼlarning Hela tomonidan oʻldirilishi voqeasini eslashga majbur qiladi. Thorga yordam berishga qaror qilib, u Lokini asir oladi. Orqasida qolishni istamaydigan Loki guruhga Grandmaster kemalarining birini oʻgʻirlaydi. Keyinchalik Korg va Miek, boshqa gladiatorlarni ozod qiladilar. Loki yana Thorni Grandmasterga sotishga urinib koʻradi, ammo Thor bularni biladi va uni Korg va gladiatorlar uni tezda topadigan joyda qoldiradi. Thor, Banner va 142 qurol-yarogʻ olib Asgardga qochishadi. Hela va uning kuchlari Heimdallga va qolgan Asgardliklarga Bifröstni ochib berishni boshqaradigan qilichni qidirmoqdalar. Banner Hulkga aylanadi, Fenrisni magʻlub qiladi, Thor va 142 Hela va uning jangchilariga qarshi jang olib boradi. Loki va gladiatorlar fuqarolarni qutqarish uchun kelmoqda. Scuchrugge oʻz xalqi omon qolib qochishi uchun oʻzini qurbon qiladi. Helaga bilan jangda Thor, oʻng koʻzidan ayriladi va keyinchalik unga Ragnarokni toʻxtata olishiga yordam beradigan Odinning vahiyiga ega boʻladi. U Surtur tojini olish va uni mangu olovda yondirish uchun Lokini yuboradi. Surtur qayta tugʻiladi va Asgardni yoʻq qiladi, koʻrinib turibdiki, Helani oʻldiradi.

Grandmasterning kosmik kemasida, endi qirol Thor, oʻz xalqini Yerga olib borishga qaror qildi. Oʻrta-kreditlar sahnasida, ular katta kosmik kema tomonidan ushlab qolinadi.Titrdan keyingi sahnada, Grandmaster oʻzining eski dushmanlariga duch keladi.

Rollarda

Kevin Feige, Taika Waititi va „Thor: Ragnarok“ kartinasi aktyorlar tarkibi „San Diego Comic-Con“ festivalida (2017).
  • Chris Hemsworth Thor rolida:
Qasoskor va Asgard valiahd shahzodasi (personaj skandinav mifologiyasidagi ayni ismli xudoga asoslangan). Cheksizlik toshlarini topish payiga tushgan „yolgʻiz ganfayter“ga aylangan. Bungacha Thor rolini toʻrt marta oʻynagan Hemsworth personajdan „biroz zerikib qolgandi“, shu sababdan ham tavakkal qilishni istab qoldi: oldingi filmlar bilan solishtirilganda, mazkur filmda Thorning sochi ancha kalta, kiyimi butunlay oʻzgargan, bolgʻasi yoʻq qilingan, bir koʻzidan esa ayrilgan. Rejissyor Taika Waititining soʻzlariga koʻra, bosh qahramonning boshiga shu kabi „balolarni solish“ unga film oxirida qochqinga aylanish imkoniyatini bergan. Bundan tashqari, Waititiga „Vacation“ (2015), „Ghostbusters“ (2016) kabi filmlarda Hemsworth ijro etgan komik rollar juda manzur kelgan va filmda uning komik mahoratidan foydalanishni xohlagan.
  • Tom Hiddleston Loki rolida:
Thorning oʻgay ukasi va dushmani (personaj skandinav mifologiyasidagi ayni ismli xudoga asoslangan). Hiddlestonga kartinada Lokining attityudi qanday oʻzgargani qiziq boʻlgan. Personaj uchun ziyonkor boʻlishning yangi usullarini oʻylab topish [jarayoni] esa uni doim ajiblantirgan. Hiddlestonning aytishicha, Loki doim trikster boʻlib qoladi. Yana qoʻshimcha qilishicha, „Thor: The Dark World“ (2013) filmi oxiridan beri Asgard hukmdoriga aylangan Loki butun kuchini saltanatni yaxshi boshqarishga emas, balki oʻzini oʻzi ulugʻlashga sarflagan. Bundan tashqari, Hiddleston Thorning Lokiga nisbatan befarq boʻlishi mumkinligi haqidagi fikr personajni tashvishga soladigan boʻlib qolgani qiziqarli voqealar rivoji ekanligini taʼkidlagan.
  • Cate Blanchett Hela rolida:
Thorning opasi va ajal xudosi (personaj skandinav mifologiyasidagi Helga asoslangan). Odinning vafotidan keyin bexosdan qamoqdan xalos qilingan. Ssenariychi Eric Pearson Hela Thorning opasi boʻlishi gʻoyasini dastlabki qoralamalarining biriga kiritgan. Hela va Thorni opa-uka qilish qarori ikkalasining oʻrtasidagi yakuniy toʻqnashuvga koʻproq emotsional salmoq berish istagidan kelib chiqqan. Blanchett Helani ijro etishda angliyalik qoʻshiqchi Siouxsie Sioux hamda 197080-yillar „pank-rok ikonografiyasi“dan ilhomlangan. Blanchettning aytishicha, personajni mokap-kostyum kiygan holda gavdalantirish unga qiyinchilik tugʻdirgan. Helaning tashqi qiyofasi dizayni Jason Aaron yaratgan „Thor: God of Thunder“ komiksidan olingan. Helaning „tanasidan cheksiz miqdorda qurol ota olish“ qobiliyati ayni komiksdagi Gorr personaji qobiliyatidan ilhomlangan. Blanchett kaskadyor Zoë Bell va Hemsworthning shaxsiy murabbiyi Luke Zocchi bilan yaqindan ishlagan. Shuningdek, roli uchun kapoeyra boʻyicha tahsil ham olgan.
  • Idris Elba Heimdall rolida:
Hamma narsani koʻruvchi va eshituvchi asgardlik, Bifröst koʻprigi sobiq posponi (personaj skandinav mifologiyasidagi ayni ismli xudoga asoslangan). Lokining hukmronligi davrida quvgʻinda yashashga qaror qilgan. Hela Asgardga bostirib kirganidan soʻng, Heimdall himoyasiz aholini Hela qoʻshinidan yashirishga yordamlashadi.
  • Jeff Goldblum Grandmaster rolida:
Olam oqsoqollaridan biri. Sakaar sayyorasini idora etadi. Goldblum qahramonini „gedonist“ deb tasvirlagan. Yana qoʻshimcha qilishicha, Waititi Goldblum qahramonni „oʻziniki qilib olishi“ uchun improvizatsiyani quvvatlagan. Waititining soʻzlariga koʻra, filmda Grandmasterning teri rangi komikslardagi kabi koʻk emas, sababi Goldblum „Earth Girls Are Easy“ (1988) kartinasida allaqachon koʻk tusli qahramonni jonlantirgan. Bundan tashqari, Waititi Goldblumning yuzini berkitish orqali uning shaxsiyati ekranda kamaytirib koʻrsatilishini xohlamagan. Grandmaster Kolleksionerning („Guardians of the Galaxy“ (2014) filmida Benicio del Toro tomonidan gavdalantirilgan) ukasidir. Prodyuser Kevin Feige kelajakdagi loyihalarda ushbu ikki personajni birga koʻrishga qiziqish bildirgan.
  • Tessa Thompson Valkiriya rolida:
Asgardlik qoʻrs, piyonista qulfurush (personaj german mifologiyasidagi Brynhildrga asoslangan). Qachonlardir afsonaviy Valkiriyalarning biri boʻlgan. Hozir esa Grandmaster uchun ishlaydi. Alamini ichkilikdan oladi. Thompsonning soʻzlashicha, personajning komikslarda turli versiyalari mavjudligi film versiyasini yaratishda „koʻp erkinlik“ bergan. Waititi zerikarli, goʻzal ayol obrazini yaratmaslikni xohlagan. Feigening aytishicha, Marvel Thor uchun Jane Fosterga qaraganda [qudrat, maqom jihatdan] koʻproq mos boʻlgan mahbuba yaratishni istagan. Craig Kyle va Christopher Yost yozgan ssenariyning dastlabki qoralamasi Thor va Valkyrie orasida ishqiy munosabat alangalatuvchi koʻplab unsurlarni oʻz ichiga olgan. Ammo Pearson kinokartina ustida ishlashni boshlaganda, personajlar oʻrtasidagi „oʻzaro hurmat“ga hamda Valkyriening PTSB bilan kurashishiga koʻproq eʼtibor qaratgan. Thompsonning aytishicha, Valkiriya biseksualdir. Hatto Waititi Valkiriyaning yotoqxonasidan bir ayolning chiqib ketayotganini aks ettiruvchi sahnani suratga olgan, ammo mazkur sahna tomoshabin eʼtiborini asosiy syujetdan chalgʻitgani tufayli filmdan keyinchalik olib tashlangan. Thompson rolni ijro etishga tayyorgarlik koʻrayotgan mahal Linda Hamilton gavdalantirgan Sarah Conno obrazidan („Terminator 2: Judgment Day“, 1991) ilhomlangan.
  • Karl Urban Skurge rolida:
Asgardlik jangchi. Heimdall yoʻqligida Bifröst koʻprigini qoʻriqlaydi. Keyinchalik jonini saqlab qolish uchun Helaga qoʻshiladi. Urban filmdagi roli uchun sochini kalga oldirgan. Shuningdek, qahramoni doim kostyum kiyib yurishiga qaramay, oʻzini rolga toʻliq baxshida etish maqsadida jismoniy mashqlar bilan ham shugʻullangan. Urbanning soʻzlashicha, Skurge „shayton bilan kelishuv tuzadi“ va Helaning „yugurdagiga“ aylanadi. Yana qoʻshimcha qilishicha, Skurge qabih ishlarni qiladi, ammo bu uning vijdonini qiynaydi.
  • Mark Ruffalo Bruce Banner / Hulk rolida:
Qasoskor, daho olim. Achchigʻi chiqqanda yoki hayajonlanganda maxluqqa aylanadi. Personaj „Avengers: Age of Ultron“ (2015) filmi voqealaridan keyin Sakaar sayyorasiga borib qolib, u yerda muvaffaqiyatli, taniqli gladiatorga aylangan. Soʻz boyligini ham ancha oshirgan (avvalgi filmlar bilan solishtirilganda). Hulkning qanday gapirishi, uning soʻz boyligi va boshqalar Waititi va Marvel oʻrtasida keng muhokama qilingan. Mazkur film personaj uchun „Avengers: Infinity War“ (2018), „Avengers: Endgame“ (2019) filmlarida davom etuvchi yangi bosqichni boshlab bergan. Ruffaloning aytishicha, Hulk „Qasoskorlar“ filmlarida „yashil gʻazab mashinasi“ sifatida tasvirlangan boʻlsa, mazkur filmda uning ichki dunyosi yorqin ochib berilgan.
Asgard qiroli, Thor, Hela va Lokining otasi (personaj skandinav mifologiyasidagi ayni ismli xudoga asoslangan). Yerda quvgʻinlikda yashagan. Kartina ssenariysining dastlabki qoralamalarida Odin Nyu-York koʻchalarida yashovchi „telbanamo“ xobo sifatida tasvirlangan. Ammo Waititi uning film voqealari davomida vafot etishini hisobga olib, personajni ekranda kulgili qilib tasvirlamaslikka qaror qilgan. Odinning vafot joyi ham keyinchalik uning oʻtmishiga „hurmat-izzat keltirish“ maqsadida Norvegiyaga oʻzgartirilgan. Waititi Hopkinsga rolning avvalgi talqinlarini batamom „buzib“, uni qaytadan yaratishi kerakligini aytganidan keyin uning improvizatsiya qobiliyatini koʻrib hayratda qolgan.

Prokati

Mark Ruffalo va Chris Hemsworth „Thor: Ragnarok“ filmining Sidney shahridagi premyerasida.

„Thor: Ragnarok“ jahon premyerasi 2017-yilning 10-oktyabrida El-Kapitan teatrida boʻlib oʻtgan. Avstraliya premyerasi esa shu yilning 13-oktyabrida boʻlib oʻtgan. Buyuk Britaniya kinoteatrlarida 24-oktyabrdan, Avstraliya kinoteatrlarida esa 26-oktyabrdan namoyish etila boshlagan. 3-noyabrdaAQSh va Kanadadagi 4080 ta kinoteatrda koʻrsatilgan (3400 tasida 3D, 381 tasida IMAX va IMAX 3D, 204 tasida esa D-Box formatlarida koʻrsatilgan). Film avval boshda 2017-yilning 28-iyulida ekranlarga chiqarilishi reja qilingan. „Thor: Ragnarok“ Marvel kinoolamining uchinchi fazasiga kiradi.

Musiqasi

NomiDavomiyligi
1.„Ragnarok Suite“8:53
2.„Running Short on Options“2:46
3.„Thor: Ragnarok“1:09
4.„Weird Things Happen“1:46
5.„Twilight of the Gods“6:14
6.„Hela vs. Asgard“4:30
7.„Where am I?“1:39
8.„Grandmaster's Chambers“1:18
9.„The Vault“3:47
10.„No One Escapes“3:01
11.„Arena Fight“3:32
12.„Where's the Sword?“4:33
13.„Go“1:43
14.„What Heroes Do“1:37
15.„Flashback“2:59
16.„Parade“2:20
17.„The Revolution Has Begun“1:47
18.„Sakaar Chase“2:12
19.„Devil's Anus“4:52
20.„Asgard Is a People“4:20
21.„Where To?“ (Patrick Doylening „Thor“ filmidagi temasini oʻz ichiga oladi)2:22
22.„Planet Sakaar“2:14
23.„Grandmaster Jam Session“3:16
Jami davomiyligi:72:52

Davomi

„Thor: Ragnarok“ning davomi — „Thor: Love and Thunder“ 2022-yilning 8-iyulida ekranlarga chiqarilgan. Filmda bosh rollarni Hemsworth, Christian Bale, Thompson, Elba, Natalie Portman, Jaimie Alexander, Waititi, Russell Crowe, Kat Dennings, Stellan Skarsgård ijro etgan. Lentada, shuningdek, Chris Pratt, Pom Klementieff, Dave Bautista, Karen Gillan, Vin Diesel, Bradley Cooper, Sean Gunn ham kichik rollari bilan ishtirok etishgan. Bale kartinada salbiy qahramon — xudolar kushandasi Gorrni jonlantirgan.

Izohlar

  1. 2015-yilda ishlangan Qasoskorlar: Ultron erasi filmi.
  2. Prodyuser Kevin Feigening soʻzlashicha, mazkur fazo kemasi Thanosga tegishli „Sanctuary II“ boʻlgan.
Yuqori