| Aziza Begmatova | |
|---|---|
| Tavalludi | Азза Begmatova 1943-yil 7-sentyabr Surxondaryo viloyati, OʻzSSR, SSSR |
| Fuqaroligi | |
| Kasbi | aktyor |
| Faoliyat yillari | 1989—hozirgacha |
| Mukofotlari | |
Aziza Begmatova (asl ismi: Azza; 1943-yil 7-sentyabr, Surxondaryo viloyati, OʻzSSR) – oʻzbek teatr va kino aktrisasi, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist (1998), Oʻzbekiston xalq artisti (2006).
Hayoti
Azza (Aziza) Begmatova 1943-yil 7-sentyabrda Surxondaryo viloyatida tugʻilgan. Aktrisaning bolaligi urush yillariga toʻgʻri kelgani uchun u bolalar uyida katta boʻlgan. Maktabni tamomlagach Toshkent teatr va rassomchilik san’ati institutida tahsil olgan. Professional faoliyatini Abror Xidoyatov nomidagi Oʻzbek davlat drama tearida boshlagan. U nafaqat oʻzbek kinosida balki bir nechta rus filmlarida ham suratga tushgan. Aktrisa oʻzbek tomoshabinlariga „Checha“ nomli spektaklidagi Checha obrazi orqali tanilgani sababli koʻpchilik oʻzbek tomoshabinlariga „Checha“ nomi bilan tanilgan. Uning ishtirokida 50 dan ortiq kinofilmlar va spektakllar qoʻyilgan. Aziza Begmatova oʻzbek onalari va buvilari rollarini katta mahorat bilan ijro etadi.
Filmografiyasi
| Yil | Nomi | Obraz | Izoh |
|---|---|---|---|
| 2007 | Vijdon | Safsan loʻli rolida |
Mukofotlari
- Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist (1998);
- Oʻzbekiston xalq artisti (2006);
- Mehnat shuhrati ordeni (2006);
- Yilning eng yaxshi ijodkori, Ofarin mukofotlari hamda Madaniyat va sanʼat fidokori koʻkrak nishoni.
- 7-sentyabrda tugʻilganlar
- 1943-yilda tugʻilganlar
- Surxondaryo viloyatida tugʻilganlar
- Mehnat shuhrati ordeni sohiblari
- Oʻzbekiston xalq artistlari
- Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artistlar
- Ofarin mukofoti laureatlari