Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Rustam Usmonov — (Qirg‘iziston Respublikasi, Jalolobod 23-iyun 1948-yil). O‘z davrining yirik tadbirkori, O‘zbekistondagi ilk xususiy bank — “Rustambank” asosch

Rustam Usmonov

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Vikipediyada ismi Rustam va familiyasi Usmonov boʻlgan boshqa kishilar haqida ham maqolalar mavjud.
Rustam Usmonov
Tavalludi 1948-yil 23-iyun (1948-06-23) (78 yosh)
Vafoti 2024 yil
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Kasbi Iqtisodchi
Dini Islom

Rustam Usmonov — (Qirg‘iziston Respublikasi, Jalolobod 23-iyun 1948-yil). O‘z davrining yirik tadbirkori, O‘zbekistondagi ilk xususiy bank — “Rustambank” asoschisi.

Tarjimai holi

Rustam Usmonov 1948-yilda Qirg‘izistonning Jalolobod shahrida tavallud topgan. 1987-yilda O‘zbekistonda asalarichilik korxonasini ochdi, so‘ngra Markaziy Osiyo iqlimiga moslashtirilgan yomg‘ir chuvalchanglarni yetishtirish orqali millionlab pul ishladi. Chuvalchanglar orqali u biogumus ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ygan. O‘zbekistonning birinchi Prezidenti Islom Karimovning tavsiyasiga muvofiq MDHdagi birinchi xususiy bankka asos solgan. 1998-yil 19-oktyabrda Andijon viloyat sudining hukmi bilan tovlamachilik, valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish, hokimiyat yoki mansab vakolatini suiisteʼmol qilish, mansab soxtakorligi bandi bilan aybdor deb topilib, mol-mulki musodara qilingan holda 14 yil ozodlikdan mahrum qilingan. 2012-yilning oktyabr oyida Usmonovga qamoqxona ichki tartibini buzganlik kabi qator ayblar qo‘yilib¸ qamoq muddati yana 5 yilga uzaytirilgan. 2017-yilning 14-fevralida 19 yillik qamoq jazosidan so‘ng ozodlikka chiqdi. Rustamjon Usmonov 2024-yilda vafot etdi.

Yuqori