| Muallif(lar) | Erkin Vohidov |
|---|---|
| Til | oʻzbekcha |
| Janr(lar)i | sheʼrlar |
| Nashriyot | „Toshkent“ badiiy adabiyot nashriyoti |
| Oʻzbek tilida nashr etilgan sanasi | 1964 |
| Sahifalar soni | 112 |
„Mening yulduzim“, toʻliq nomi „Mening yulduzim. Lirika“ — oʻzbek shoiri Erkin Vohidov qalamiga mansub sheʼriy toʻplam. 1964-yil Toshkent shahrida „Toshkent“ badiiy adabiyot nashriyotida chop etilgan. Toʻplamga shoir 1951–1964-yillarda yozgan sheʼrlar hamda Sergey Yesenin va Silva Kaputikyan yozgan toʻrt sheʼr tarjimasi kiritilgan.
„Mening yulduzim“ Vohidovning ilk sheʼriy toʻplamlaridan biridir. Toʻplam nomi shu nomli sheʼr nomidan olingan. 2018-yilda shoirning yana bir toʻplami „Mening yulduzim“ nomi bilan chop etilgan.
Asarni nashrga tayyorlashda quyidagi shaxslar ishtirok etgan: Sayyor – muharrir, Yu. Strelnikov – rassom, D. Fayirahmonov – rasmlar muharriri, A. Nazirov – texnik muharrir, A. Hasanov – musahhih. Kitob adadi – 10 000 nusxa.
- Oʻzbek tilidagi kitoblar
- Erkin Vohidov sheʼriy toʻplamlari
- Kitoblarga oid chala maqolalar