Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Muhabbat Fayziyevna Hakimova (1962-yil 4-yanvar, Gʻuzor tumani, Qashqadaryo viloyati, Oʻzbekiston SSR) — oʻzbekistonlik olim, pedagogika fanlari doktori, profes

Muhabbat Hakimova

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Vikipediyada ismi Muhabbat va familiyasi Hakimova boʻlgan boshqa kishilar haqida ham maqolalar mavjud.
Muhabbat Hakimova
Tavalludi 1962-yil 4-yanvar (1962-01-04) (64 yosh)
Gʻuzor tumani, Qashqadaryo viloyati, Oʻzbekiston SSR
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Ish joylari Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
Taʼlimi Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika instituti
Ilmiy darajasi pedagogika fanlari doktori
Ilmiy unvoni professor

Muhabbat Fayziyevna Hakimova (1962-yil 4-yanvar, Gʻuzor tumani, Qashqadaryo viloyati, Oʻzbekiston SSR) — oʻzbekistonlik olim, pedagogika fanlari doktori, professor.

Biografiyasi

Muhabbat Hakimova 1962-yil 4-yanvar Gʻuzor tumanida tugʻilgan. 1986-yilda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika institutini oligofrenopedagogika ixtisosligi boʻyicha tugatgan. 1986—1993-yillarda Qibray tumanidagi umumiy oʻrta taʼlim maktabida oʻqituvchi, 1993—2001-yillarda Navoiy davlat pedagogika instituti Psixologiya va pedagogika kafedralari dotsenti lavozimida ishlagan. 2001-yildan Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti „Innovatsion taʼlim“ kafedrasining mudiri.

Ilmiy faoliyati

Respublikada oligofrenopedagogika ixtisosligi boʻyicha birinchi pedagogika fanlari doktori ilmiy darajasini olgan pedagog olima hisoblanadi. 1997-yilda pedagogika fanlari nomzodi, 2010-yilda pedagogika fanlari doktori ilmiy darjasini, professor ilmiy unvonini olgan. 6 ta monografiya, 6 ta darslik, 40 dan ortiq oʻquv va oʻquv-uslubiy-elektron qoʻllanmalar, 250 dan ortiq risola, ilmiy va ilmiy-ommabop maqolalar muallifidir. 1999-yilda „Xalq taʼlimi aʼlochisi“, 2001-yilda „Oʻzbekiston Mustaqilligining 10 yilligi“, 2021-yilda „Moʻtabar ayol“ koʻkrak nishonlari bilan taqdirlangan.

Yuqori