Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Akbar Xusnidilla oʻgʻli Joʻrayev (1999-yil 8-oktabr Toshkent viloyati Gʻazalkent shahri) – oʻzbekistonlik ogʻir atletikachi, Olimpiya chempioni, 109 kg vazn toi

Akbar Joʻrayev

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Vikipediyada ismi Akbar va familiyasi Joʻrayev boʻlgan boshqa kishilar haqida ham maqolalar mavjud.
Akbar Joʻrayev
Akbar Juraev at the 2024 Summer Olympics 01.jpg
Shaxsiy maʼlumotlari
Jinsi erkak
Tavallud paytidagi ismi Akbar Xusnidilla oʻgʻli Joʻrayev
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Tavallud sanasi 1999-yil 8-oktyabr (1999-10-08) (26 yosh)
Toshkent viloyati Boʻstonliq tumani
Vazni 109 kg
Mukofotlar Oʻzbekiston iftixori
Sport
Qaysi sport ogʻir atletika
Murabbiy(lar)i Bahrom Mendiboyev
Akbar Joʻrayev
Medal soni
Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston vakili
Ogʻir atletika
Olimpiada oʻyinlari
OltinTokio-2020109 kg
KumushParij-2004102 kg
Jahon chempionati
Oltin Toshkent-2021 109 kg
Oltin Ar-Riyod-2023 109 kg
Osiyo oʻyinlari
KumushXanchjou-2022 109 kg
Osiyo chempionati
Oltin Toshkent-2024 102 kg
OltinJiangshan-2015109 kg
KumushNingbo-2019 109 kg
KumushToshkent-2020 109 kg
BronzaJInju-2023 +109 kg

Akbar Xusnidilla oʻgʻli Joʻrayev (1999-yil 8-oktabr Toshkent viloyati Gʻazalkent shahri) – oʻzbekistonlik ogʻir atletikachi, Olimpiya chempioni, 109 kg vazn toifasida „Osiyo chempionati – 2019“ kumush medali sovrindori, 2019-yilgi yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionati gʻolibi. Yoshlar oʻrtasidagi jahon rekordchisi. 2020-yil Tokioda Olimpiada chempioni. Olimpiya rekordchisi. 2024-yilda Parijdagi Olimpiada oʻyinlarining kumush medal egasi. „Oʻzbekiston iftixori“ faxriy unvoni sohibi.

Hayoti

Akbar Joʻrayev 1999-yil 8-oktyabrda Toshkent viloyati Boʻstonliq tumanidagi Soyliq qishlogʻida tugʻilgan. Chirchiq shahridagi Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida tahsil olgan.

Faoliyati

Akbar Joʻrayev 2017-yildan Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi. Birinchi murabbiyi Farhod Mirzajanov. Olimpiada bahslariga murabbiyi Bahrom Mendiboyev qo'l ostida tayyorlanmoqda. 2017-yilgi oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionatida Joʻrayev 105 kg vazn toifasida ikki urinishda 352 natija bilan oltinchi boʻldi(162 + 190). Akbar 2017-yilda Anaxaymda boʻlib oʻtgan jahon chempionatida 105 kg gacha boʻlgan vazn toifasida 13-oʻrinni egalladi (373 kg). U dast koʻtarishda 174 kg, siltab koʻtarishda 199 kg koʻrsatkichni qayd etdi. 2018-yil oʻsmirlar oʻrtasidagi Osiyo chempionatida u umumiy vazni 372 kg boʻlgan oltin medalni qoʻlga kiritdi.

Xuddi shu yili, 2018-yilda Toshkentda boʻlib oʻtgan oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionatida u kumush medalni qoʻlga kiritishga muvaffaq boʻldi. Hammasi boʻlib Akbar Joʻrayev 369 kg koʻrsatkichni qayd etdi: dast koʻtarishda 167 kg, siltab koʻtarishda 202 kg.

2018-yil noyabr oyining boshida Ashxobodda boʻlib oʻtgan jahon chempionatida oʻzbekistonlik sportchi 102 kg vazn toifasida dast koʻtarish mashqlarida 180 kg ogʻirlikdagi shtanga koʻtarib, oltin medalni qoʻlga kiritdi. Yakuniy bosqichda u bir kilogramm farq bilan toʻrtinchi boʻldi. Uning ikkinchi koʻtarishdagi natijasi 212 kg edi.

2018-yil dekabr oyida boʻlib oʻtgan Qatar Xalqaro Kubogida Akbar Joʻrayev 109 kilogrammgacha boʻlgan yangi vazn toifasida jami 392 kilogrammni koʻtarib, bronza medalini qoʻlga kiritdi.

Aprel oyida Osiyo chempionatida Akbar Joʻrayev 109 kg vazn toifasida shaxsiy rekordini yaxshilagan edi. Oʻzbekistonlik ogʻir atletchi dast koʻtarishda 185 kg, siltab koʻtarishda 225 kg koʻtarib, jami 410 kg vazn toifasi bilan kumush medal sohibi boʻldi. Iyun oyida u jami 398 kg koʻtarib, oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempioni boʻldi..

2019-yil Pattayada boʻlib oʻtgan jahon chempionatida Akbar Joʻrayev 109 kg vazn toifasida 229 kg ogʻirlikdagi shtanga koʻtarib, kumush medalni qoʻlga kiritdi. Yakuniy protokolda u 417 kg natija bilan toʻrtinchi boʻldi. Bu natija yoshlar oʻrtasidagi jahon rekordidir.

Dekabr oyida Jahon chempionatida u 400 kg natija bilan kumush medalni qoʻlga kiritdi. U, shuningdek, dast koʻtarishda 185 kg, siltab koʻtarishda 220 kg (jami 405 kg) muvaffaqiyatli urinishlar koʻrsatib, Qatar kubogini qoʻlga kiritdi.

2020-yilda u Xalqaro birdamlik chempionatida ikki urinishda jami 410 kg koʻtarib, oltin medalni qoʻlga kiritdi. Aprel oyida boʻlib oʻtgan Osiyo chempionatida u yana ikkinchi boʻldi va 109 kg vazn toifasida oʻz faoliyatidagi eng yaxshi natijani koʻrsatdi – siltab koʻtarishda 194 kg, siltab koʻtarishda 234 kg (jami 428 kg).

U Oʻzbekiston chempionatida Olimpiada chempioni Ruslan Nurudinovni 12 kilogrammga magʻlub etib, Tokioda boʻlib oʻtadigan 2020-yilgi Yozgi Olimpiadada qatnashish huquqini qoʻlga kiritdi. Yaponiyada u armanistonlik ogʻir atlet Simon Martirosyanni magʻlub etdi va Olimpiya chempioni boʻldi. Sportchi siltab koʻtarish bahslarida 237 kilogramm ogʻirlikdagi toshni koʻtarib, Olimpiada rekordini oʻrnatdi va delegatsiyaning navbatdagi medalini naqd qildi. 2023-yilda Saudiya Arabistonida boʻlib oʻtgan ogʻir atletika boʻyicha jahon chempionatida 109 kilogramm vazn toifasida oʻzbekistonlik sportchi jami 415 kilogramm natija bilan jahon chempionatining oltin medalini qoʻlga kiritdi.

2024-yilgi Olimpiada oʻyinlari

Akbar Joʻrayev 2024-yilgi Parijdagi Yozgi Olimpiada oʻyinlarida dast koʻtarishda 185 kg natijani qayd etdi. Siltab koʻtarish bahslarida 219 kgni koʻtardi. Umumiy 404 kg natija bilan kumush medalga sazovor boʻldi.

Asosiy natijalari

Yil Musobaqa joyi Vazn toifasi Siltab koʻtarish (kg) Qoʻlga olib siltash (kg) Jami Oʻrin
1 2 3 Oʻrin 1 2 3 Oʻrin
Olimpiada oʻyinlari
2021Tokio, Yaponiya109 kg189189193227234237 OR430 OR1st
2024Parij, Fransiya102 kg1801851892192242324042nd
Jahon chempionati
2017Anaheim, AQSH105 kg164169174121941992031537313
2018Ashxobod, Turkmaniston102 kg1731781801st20020721243924
2019Pattaya, Tailand109 kg18318418862212262292nd4174
2021Toshkent, Oʻzbekiston109 kg1871921951st2262322381st4331st
2023Ar-Riyod, Saudiya Arabistoni109 kg1821891891st2202262312nd4151st
2025Førde, Norvegiya110 kg189193196 CWR1st2272322451st428 CWR1st
Jahon kubogi
2024Phuket, Tailand109 kg1801851891st220227 –1st4161st
Osiyo oʻyinlari
2023Xanchjou, Xitoy109 kg1801841892202222284172nd
Osiyo chempionati
2019Ningbo, Xitoy109 kg1761811852nd2152192252nd4102nd
2020Toshkent, Oʻzbekiston109 kg1881941972nd2252342382nd4282nd
2023Jinju, Janubiy Koreya+109 kg18919519542302402423rd4373rd
2024Toshkent, Oʻzbekiston102 kg1751801831st2142192201st4001st
2025Jiangshan, Xitoy109 kg1801831891st217223 –1st4061st
Jahon yoshlar chempionati
2017Tokio, Yaponiya105 kg155159162418518519063526
2018Toshkent, Oʻzbekiston105 kg1671721722nd1952022102nd3692nd
2019Suva, Folklend109 kg1731771821st212216 –1st3981st

Unvon va mukofotlari

  • 2021-yilda „Oʻzbekiston iftixori“ faxriy unvoni bilan mukofotlangan
  • 2024-yilda „Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sportchi“ faxriy unvoni berilgan.
Yuqori