Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Saidumarxon Saidnurullayev (Саидумархон Саиднуруллаев) — oʻzbekistonlik futbolchi. Oʻzbekiston Superligasining Paxtakor klubi va Oʻzbekiston U23 terma jamoasi h

Saidumarxon Saidnurullayev

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Saidumarxon Saidnurullayev
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Saidumarxon Saidnurullayev
Tavallud sanasi 2005-yil 13-aprel (2005-04-13) (21 yosh)
Tavallud joyi Andijon, Oʻzbekiston
Boʻyi 1.85 m (6 ft 1 in)
Ampluasi Hujumchi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Metallurg
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
0000—2023 Paxtakor
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2023— Paxtakor 9 (0)
2025   Andijon 10 (0)
2026—   Metallurg 0 (0)
Milliy terma jamoa
2022—2023 Oʻzbekiston U18 6 (0)
2024—2025 Oʻzbekiston U20 17 (7)
2025—2026 Oʻzbekiston U21 4 (0)
2026— Oʻzbekiston U23
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Saidumarxon Saidnurullayev (Саидумархон Саиднуруллаев) — oʻzbekistonlik futbolchi. Oʻzbekiston Superligasining Paxtakor klubi va Oʻzbekiston U23 terma jamoasi hujumchisi.

Futbolchilik faoliyati

Klub

2005-yil 13-aprelda Andijon viloyatida tugʻilgan. Paxtakor futbol akademiyasi bitiruvchisi hisoblanadi. Paxtakor tarkibida Superligada debyut qilgan va klub bilan shartnomasi 2027-yil oxirigacha amal qiladi. 2023-yilda Paxtakor tarkibida Oʻzbekiston chempioni va Kubok sohibiga aylangan. 2025-yilgi mavsumda Andijon jamoasida ijara asosida toʻp surdi va 10 ta oʻyinda maydonga tushdi. 2026-yilning fevral oyidan boshlab yil yakuniga qadar ijara huquqi asosida Bekobodning „Metallurg“ klubiga oʻtdi.

Terma jamoa

Saidumarxon Oʻzbekistonning turli yoshlar terma jamoalarida faol ishtirok etib kelmoqda. U-20 terma jamoasi safida 17 ta oʻyinda maydonga tushib, 7 ta gol urishga muvaffaq boʻlgan. Hozirda Oʻzbekiston U-23 terma jamoasi aʼzosi hisoblanadi.

Yuqori