| Ummon | |
|---|---|
| Umumiy maʼlumot | |
| Kelib chiqishi | Oʻzbekiston |
| Mamlakat | |
| Faoliyat yillari | 2007-2020 |
| Janr | Pop-sokin |
| Sobiq aʼzolar |
|
Ummon – Zohid Rixsiyev tomonidan tuzilgan musiqiy guruh. Guruh 2007—2008-yillarda Sokin tun qoʻshigʻi bilan shuhrat qozondi.
Ummon guruhi auditoriyasi asosan yoshlar uchun moʻljallangan. Ummon guruhi 2007-yilda yigitlarning qoʻshiq ijro etishga qiziqishi natijasida havaskor guruh sifatida tashkil topgan. Guruh avval boshda "Jazo" nomi ostida tuzilgan, biroq, bu nom muxlislarga yoqmagani uchun guruh nomi "Ummon"ga oʻzgartirilgan. Guruh hozirgi kunda ham Oʻzbekistondagi yetakchi musiqiy guruhlardan biri sifatida oʻz maqomini saqlab kelmoqda.
Guruhning
2010-yil 18-sentabrda „Turkiston“ yozgi saroyida;
2011-yil 1-iyunda „Istiqlol“ sanʼat saroyida, ikki seansda;
2011-yil 17-sentabrda „Turkiston“ yozgi saroyida;
2015-yil 27-28-may kunlari "Istiqlol" sanʼat saroyida;
2016 1-2-iyun kunlari „Istiqlol“ sanʼat saroyida oʻz shou-dasturlarini taqdim etgan.
Guruh 2018-yilning yoziga kelib, guruh asoschisi Zohid Rixsiyev guruhni tark etib, yakkaxon ijodkor boʻlgandan soʻng duo guruh sifatida faoliyatini davom ettirgan. 2020-yil boshlarida guruhdan navbatdagi a'zo Jasur Rafiqov ham chiqib ketishi natijasida guruh toʻlaqonli tugatiladi. Biroq, guruhning soʻnggi a'zosi Shoxruh Isamuhammedov faoliyatini "Ummon" taxallusi ostida davom ettirdi. 2022-yil 14-noyabrda guruh aʼzosi Jasur Rafiqov saraton kasalligi oqibatida vafot etdi. "Ummon" 2012-yil "Yilning eng yaxshi guruhi" nomiga sazovor boʻlgan.
Shaxsiy hayoti
- Gulnoza – Jasur Rafiqovning rafiqasi. 2015-yilda uylangan.
- Aziza – Shohruh Isamuhammedovning rafiqasi. 2016-yilda uylangan
- Kamola-Zohid Rixsiyevning rafiqasi 2020-yilda uylangan.
2022-yil 14-noyabr kuni Ummon guruhining sobiq aʼzosi Jasur ogʻir xastalikdan soʻng vafot etdi.
Shuningdek shu guruh aʼzosi Zohid Rixsiyev 29-sentabr 2022-yil sanasida sodir boʻlgan avtokatastrofa tufayli koma xolatiga tushib qolgan. Koʻmadan chiqiboq u otalik baxtiga musharraf boʻldi va oʻgʻliga Jibriil ismini qoʻydi.
Diskografiyasi
Singllari
| Yil | Qoʻshiq | Izoh |
|---|---|---|
| 2011 | „Qanday unutding?“ | |
| „Xiyonat“ | ||
| „Aldamadi yolgʻon“ | ||
| „Doʻst“ | ||
| „Sevgi fazosi“ (Samandar qoʻshigʻiga kaver) | ||
| 2007 | „Sokin tun“ | |
| „Sevaveraman“ | ||
| 2012 | „Vo ajab“ (Munisa Rizayeva bilan) | |
| 2013 | „Toʻxta“ | |
| „Kechirgin“ | „Soʻrama uni“ | |
| „Voz kechding“ | ||
| „Vaqt“ | ||
| „Yana-yana“ | ||
| „Ana endi yigʻla“ | ||
| „I’m a Disco (Ayama disco)“ | ||
| 2014 | „Sen kechir“ | |
| „Eslab qol“ | ||
| 2015 | „Eslama uni (with Prince Khalil)“ | |
| „Sensiz“ | ||
| „Abadul abad“ | ||
| „Shoshilma“ | ||
| „Hammasi yolgʻon“ | ||
| „Shamol“ | ||
| „Azizam“ | ||
| „Hammamiz birga“ | ||
| 2016 | „Aybim“ | |
| „Qiynama yuragimni“ | ||
| „Kelmasa malol“ | ||
| „Yangi yil“ | ||
| „Qoʻgʻirchoq“ | ||
| 2017 | „Havoni qara“ | |
| „Unday aldama“ | ||
| „Izlaringa“ | ||
| „Layli“ | ||
| 2018 | „Yogʻganda qor“ | |
| „Bir Kun“ | ||
| „Oʻq tegdi“ | ||
| „Tamom“ | ||
| „Oq terak (feat Munisa Rizayeva)“ | ||
Kliplari
| Yil | Qoʻshiq | Rejissor |
|---|---|---|
| 2012 | „Vo ajab“ (Munisa Rizayeva bilan) | |
| 2015 | „Tola“ | Rauf Parpiyev (Nabiyev) |
| 2017 | „Sen meniki emassan“ | Sanjar Matkarimov |
| „Qoʻgʻirchoq“ | ||
| 2018 | „Oq gulim“ | |
Filmografiyasi
- Musiqiy guruhlar
- Musiqiy guruhlar haqidagi chala maqolalar